Jigar transplantatsiyasi bo‘yicha hindistonlik jarrohlar bilan memorandum imzolandi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishVo vremya operatsii po peresadke donorskoy pochki
Vo vremya operatsii po peresadke donorskoy pochki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur shartnoma Hindistonning Haydarobod shahridagi Osiyo gastroenterologiya instituti klinikasi bilan tuzildi.
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida hindistonlik xirurglar bilan jigar transplantatsiyasi amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur shartnoma Hindistonning Haydarobod shahridagi Osiyo gastroenterologiya instituti klinikasi bilan tuzildi.
Shartnomaga ko‘ra, uch oy ichida o‘zaro hamkorlikda ilk jigar ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganovning aytishicha, mart oyidan boshlab 6 nafar mutaxassis ishlash va o‘qish uchun Hindistonga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shifokorlari o‘zak transplantatsiyasida rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Yangiliklar lentasi
0