https://oz.sputniknews.uz/20230226/chirchiq-shahar-hokimi-vazifasini-bajarish-vaqtincha-orinbosariga-yuklandi-32519570.html
Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajarish vaqtincha o‘rinbosariga yuklandi
Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajarish vaqtincha o‘rinbosariga yuklandi
Sputnik O‘zbekiston
Farmoyishga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulolasi keltirilgan. 26.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-26T13:45+0500
2023-02-26T13:45+0500
2023-02-26T13:45+0500
siyosat
chirchiq
hokim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/12/21418450_0:46:1300:777_1920x0_80_0_0_6b34c8358f3543bd5d860325f4958209.jpg
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajarish vaqtincha hokim o‘rinbosariga yuklandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining 24-fevraldagi farmoyishida aytilgan.Farmoyishga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulolasi keltirilgan.Davron Hidoyatov (1976 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va O‘zbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvchisi. 1996−2004 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida, 2004−2005 yillarda "Osiyo-Invest Bank" (Moskva) boshqaruvi raisi lavozimida, 2005−2009 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida ishlagan.2009 yildan 2012-yilgacha “GM Uzbekistan” kompaniyasining moliya bo‘yicha ijrochi direktori, 2012-yildan 2014-yilgacha MAN Auto-Uzbekistan QK bosh direktori lavozimlarida xizmat qilgan.2014−2017 yillarda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlat qo‘mitasi raisi, 2017−2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi, 2018−2021 yillarda Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yilning yanvaridan Toshkent viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2021-yilning o‘zida Chirchiq shahri hokimi lavozimini egallagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/12/21418450_147:0:1300:865_1920x0_80_0_0_58f3f100287e54eef85d3fb93319595e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, chirchiq, hokim
Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajarish vaqtincha o‘rinbosariga yuklandi
Farmoyishga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulolasi keltirilgan.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajarish vaqtincha hokim o‘rinbosariga yuklandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining 24-fevraldagi farmoyishida
aytilgan.
Ta’kidlanishicha, Davron Hidoyatovning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Chirchiq shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jur’atbek Rahmonov zimmasiga yuklandi.
Farmoyishga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulolasi keltirilgan.
Davron Hidoyatov (1976 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va O‘zbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvchisi. 1996−2004 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida, 2004−2005 yillarda "Osiyo-Invest Bank" (Moskva) boshqaruvi raisi lavozimida, 2005−2009 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida ishlagan.
2009 yildan 2012-yilgacha “GM Uzbekistan” kompaniyasining moliya bo‘yicha ijrochi direktori, 2012-yildan 2014-yilgacha MAN Auto-Uzbekistan QK bosh direktori lavozimlarida xizmat qilgan.
2014−2017 yillarda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlat qo‘mitasi raisi, 2017−2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi, 2018−2021 yillarda Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yilning yanvaridan Toshkent viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2021-yilning o‘zida Chirchiq shahri hokimi lavozimini egallagan.