https://oz.sputniknews.uz/20230222/hindistonda-ozbek-hind-hamkorlikdagi-oquv-mashguloti-boshlandi--foto-32440012.html
Hindistonda o‘zbek-hind hamkorligida o‘quv mashg‘uloti boshlandi – foto
Hindistonda o‘zbek-hind hamkorligida o‘quv mashg‘uloti boshlandi – foto
Sputnik O‘zbekiston
“Do‘stlik-2023” birgalikdagi o‘zbek-hind o‘quvi Pitxoragarx shahridagi tog‘li hududda joylashgan Garhwal Rifles 14-batalonida o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistondan 45... 22.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-22T07:02+0500
2023-02-22T07:02+0500
2023-02-22T11:29+0500
jamiyat
hindiston
o‘zbekiston
mudofaa vazirligi
o‘quvlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/15/32423643_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_0a97b1414ff883a7e4b02b7568fab434.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Hindistonda o‘zbek-hind hamkorligida o‘quv mashg‘uloti boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.“Do‘stlik-2023” birgalikdagi o‘zbek-hind o‘quvi Pitxoragarx shahridagi tog‘li hududda joylashgan Garhwal Rifles 14-batalonida o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistondan 45 nafar harbiy xizmatchi qatnashmoqda.Tadbirda Garhwal Rifles 32-brigada komandiri brigadir Mayank Vaid va Mudofaa vazirligi mas’ul ofitseri podpolkovnik Shavkatjon Sarmonqulov so‘zga chiqishdi.Tantanali tadbirdan so‘ng ikki mamlakat harbiy kontingenti vakillari uchun brifing hamda jamoaviy suratga tushish tadbirlari tashkil etildi.O‘quv mashg‘ulotining ilk kunidan ishtirokchilarga Hindiston davlatining tarixi, madaniyati, hududiy bo‘linishi, urf-odat va an’analari, harbiy salohiyati va mudofaa qudrati, armiyaning tashkiliy tuzilmasi haqida ma’lumot berildi.Shundan keyin hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilari uchun Hindiston qurolli kuchlarida foydalaniladigan qurol-aslahalar tanishtirildi.Mashg‘ulotlar doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar:Hamkorlikdagi o‘quvlar 5-mart kuniga qadar davom etadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/15/32423643_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_03249bf98baff278bc261c84f30d4012.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hindiston, o‘zbekiston, mudofaa vazirligi, o‘quvlar
jamiyat, hindiston, o‘zbekiston, mudofaa vazirligi, o‘quvlar
Hindistonda o‘zbek-hind hamkorligida o‘quv mashg‘uloti boshlandi – foto
07:02 22.02.2023 (yangilandi: 11:29 22.02.2023) “Do‘stlik-2023” birgalikdagi o‘zbek-hind o‘quvi Pitxoragarx shahridagi tog‘li hududda joylashgan Garhwal Rifles 14-batalonida o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistondan 45 nafar harbiy xizmatchi qatnashmoqda.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Hindistonda o‘zbek-hind hamkorligida o‘quv mashg‘uloti boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi
xabar berdi. “Do‘stlik-2023” birgalikdagi o‘zbek-hind o‘quvi Pitxoragarx shahridagi tog‘li hududda joylashgan Garhwal Rifles 14-batalonida o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistondan 45 nafar harbiy xizmatchi qatnashmoqda.
Tadbirda Garhwal Rifles 32-brigada komandiri brigadir Mayank Vaid va Mudofaa vazirligi mas’ul ofitseri podpolkovnik Shavkatjon Sarmonqulov so‘zga chiqishdi.
Tantanali tadbirdan so‘ng ikki mamlakat harbiy kontingenti vakillari uchun brifing hamda jamoaviy suratga tushish tadbirlari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotining ilk kunidan ishtirokchilarga Hindiston davlatining tarixi, madaniyati, hududiy bo‘linishi, urf-odat va an’analari, harbiy salohiyati va mudofaa qudrati, armiyaning tashkiliy tuzilmasi haqida ma’lumot berildi.
Shundan keyin hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilari uchun Hindiston qurolli kuchlarida foydalaniladigan qurol-aslahalar tanishtirildi.
Mashg‘ulotlar doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar:
Ikki davlat harbiy xizmatchilarining shartli terroristik guruhlarini qidirib topish
Tog‘li to‘siqlarni yengib o‘tish hamda tog‘li o‘rmon sharoitlarida jangovar operatsiyalarni bajarish;
Sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar.
Hamkorlikdagi o‘quvlar 5-mart kuniga qadar davom etadi.