O‘zbekiston Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi

© Natsionalnoe informatsionnoe agentstvo UzbekistanaUzbekistan otpravil gumanitarnuyu pomosh v Siriyu.
Uzbekistan otpravil gumanitarnuyu pomosh v Siriyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, qariyb 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami yuki yuborilgan.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Bugun, 21-fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
© Natsionalnoe informatsionnoe agentstvo UzbekistanaUzbekistan otpravil gumanitarnuyu pomosh v Siriyu.
Uzbekistan otpravil gumanitarnuyu pomosh v Siriyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
Ta’kidlanishicha, qariyb 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami yuki yuborilgan. Ro‘yxatga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar bo‘tqasi, odol va yostiqlar, gigiyenik vositalar to‘plami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.
© Natsionalnoe informatsionnoe agentstvo UzbekistanaUzbekistan otpravil gumanitarnuyu pomosh v Siriyu.
Uzbekistan otpravil gumanitarnuyu pomosh v Siriyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
Qayd etilishicha, insonparvarlik yuki yordami ko‘rinishidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali O‘zbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining mas’ul xodimlari yetkazib berishadi.
Ma’lumot uchun, 6-fevral kuni Suriyaning Halab, Latakiya, Xama va Tartus viloyatlari kuchli zilziladan jiddiy zarar ko‘rdi.
Yangiliklar lentasi
0