Moskva va Nyu-Deli Su-57 samolyotini birgalikda ishlab chiqarishga tayyor

© Sputnik / Aleksandr Melnikov / Mediabankka o‘tish14-ya mejdunarodnaya aviakosmicheskaya vistavka Aero India 2023
14-ya mejdunarodnaya aviakosmicheskaya vistavka Aero India 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
Obuna bo‘lish
Maxsus operatsiya Rossiya qurolining samaradorligining va g‘arb qurolining orqada qolganini namoyish etmoqda. Shu kunlarda Nyu-Deli va Abu Dabida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmalarda Rossiya mudofaa korporatsiyalari stendlarida odam gavjum.
TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasini xalqaro miqyosda yakkalash kollektiv G‘arbning ushalmas orzusi bo‘lib qolmoqda.
Xavfsizlik bo‘yicha Munxen konferensiyasi natijalari, shuningdek, Rossiya mudofaa sanoati mahsulotlari an’anaviy ravishda “dasturning diqqatga sazovor joyi” va dunyoning aksariyat mamlakatlari, shu jumladan AQSh uchun texnologik mezon bo‘lib qolayotgan Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklaridagi eng yirik qurol ko‘rgazmalari buni tasdiqlaydi.
Rossiya maxsus operatsiya jarayonida va qurollarning xalqaro bozorida milliy xavfsizlikni qanday himoya qilish, gegemoniya va neomustamlakachilikka qarshi qaysi vositalar bilan kurashishni namoyish etib kelmoqda.
G‘arb mamlakatlari Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarini RF ga nisbatan tashqi siyosatini keskinlashtirishga ishontirish uchun Munxen konferensiyasidan foydalanmoqchi bo‘lgan. Bu harakatlar chippakka chiqdi. “Global janub”ning, shuningdek, Hindiston va Xitoyning mustaqilligi Vashingtonning qog‘ozda yozilmagan qoidalariga asoslangan bir qutbli dunyo tartibining barbod bo‘lganidan dalolat beradi.
Fevral oyida harbiy-texnologik jihatlardan G‘arbning siyosiy xo‘rlanishi kuchaydi. Hindistondagi Aero India 2023 aviakosmik ko‘rgazmasida va BAAda bo‘lib o‘tgan mudofaa mahsulotlari IDEX 2023 ko‘rgazmasida Rossiya mudofaa sanoati kompleksining yuzlab komplekslari mutaxassislar va buyurtmachilarning e’tibor markazida bo‘lib turibdi. Aero India 2023 yozgi ko‘rgazmasini Hndiston Harbiy-havo kuchlarining Su-30 MKI va MiG-29UPG lari ochib berdi.
Eslatib o‘taman, Hindiston Rossiyadan 272 Su-30 qiruvchilarini (ularning ko‘pchiligi Hindistonda yig‘ilgan) xarid qilgan va keyinchalik ham Rossiya aviatexnikasi uchun haqiqiy suverenitetni ta’minlash uchun ishonchli vositalar ko‘p milliard dollar to‘lashga tayyor.
Bangalorda bo‘lib o‘tgan 14-aerokosmik ko‘rgazma (13-17 fevral) arafasida Hindiston va Rossiya Hindustan Aeronautics Limited texnologik bazasidan foydalangan holda beshinchi avlod Su-57 qiruvchilarini litsenziyalangan ishlab chiqarishni muhokama qilishdi. Ikki davlat Hindiston harbiy-havo kuchlarining asosini tashkil etuvchi to‘rtinchi avlod Su-30MKI qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma tajribaga ega. Avvalroq Hindiston va Rossiya birgalikda FGFA dasturi (Su-57 modifikatsiyasi) doirasida beshinchi avlod qiruvchi samolyotini ishlab chiqqan. Military Watch Magazine ma’lumotlariga ko‘ra, bu Hindiston uchun beshinchi avlod qiruvchi samolyotini olish uchun yagona imkoniyat - katta buyurtma berish va litsenziya bo‘yicha Su-57 ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir. Nyu-Dehli va Xitoy yoki AQSh o‘rtasidagi bunday hamkorlik turli harbiy va siyosiy sabablarga ko‘ra mumkin emas.

Keskir qilich va ajdaho boshlari

Texnologik nuqtayi nazardan, Hindiston tanlovi nihoyatda ajoyib. Amerikaning Military Watch nashri ta’kidlashicha, jangovar tajribasiga ko‘ra Su-57 qiruvchisi dunyodagi beshinchi avlod muqobillaridan ancha ustun – 2022-mart oyi Ukrainaning Havo mudofaasi va Harbiy havo kuchlariga qarshi ishga kirishganda. Rossiya Havo kosmik kuchlarining Su-57 birinchi polki 2023-yilning so‘nggiga qadar to‘liq shakllanishi mumkin.
Qiruvchi samolyot o‘zining ilg‘or xususiyatlari, jumladan oltita radardan foydalana olish imkoniyati, o‘ta manyovrliligi, uzoq (400km) masofadan nishonga oluvchi R-37M gipertovushli raketalari bilan qimmatlidir. XXI asrning haqiqiy “keskir qilichidir”. Ta’kidlash lozim, Rossiya Bangalorda ikki yuzta Harbiy havo kuchlari va havo mudofaasiga qarshi tizimlarining eng yaxshi namunalarini har qanday zamonaviy “ajdarholar” bilan qarama-qarshilikka tayyor. Jumladan- ko‘p funksiyali front qiruvchisi MiG-35D, Ka-52, Mi-28N va Mi-8AMTSh (eksport variantida –Mi171 Sh) namoyish etildi.
Hindiston Rossiya qurollarining asosiy xaridorlaridan biri hisoblanadi., va o‘tgan 30-yilda Rossiyadan 70 mlrd dollarlik arsenal xarid qilgan. Harbiy buyurtmalar portfeli (14 mlrd dollarga baholanadi) Nyu-Dehli bilan 2024-yil oxirigacha S-400 zenit-raketa majmuasining beshta polk majmuasini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani o‘z ichiga oladi.
Avvalroq Hindiston va Rossiya 2030-yilgacha harbiy-texnik hamkorlik dasturini tasdiqlagan edi. Shu bilan birga, Yaqin Sharqda Rossiyaning 5-avlod qiruvchilarini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar ham muvaffaqiyatli. Rossiyaning Checkmate qiruvchisi Dubai Airshow 2021 Xalqaro ko‘rgazmasida ham namoyish etildi.
20 fevral kuni Abu – Dabidagi IDEX 2023 ko‘rgazmasi ochilish marosimida “Rosoboroneksport” bosh direktori Aleksandr Mixeyev dunyo bozorida Rossiya avitexnikasi va boshqa turdagi qurollarga talab yuqori ekanini aytdi – har yilgi savdo hajmi qariyb 13 mlrd dollarni tashkil etadi, qurollar buyurtmalari portfellari esa 50 mlrd dollardan oshadi. Bu pullar Rossiya mudofaa salohiyatini shiddati oshganini ko‘rsatadi.
© Press-slujba Minpromtorga / Mediabankka o‘tishMejdunarodnaya vistavka voorujeniy IDEX v Abu-Dabi
Mejdunarodnaya vistavka voorujeniy IDEX v Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
Mejdunarodnaya vistavka voorujeniy IDEX v Abu-Dabi
IDEX 2023 ko‘rgazmasida Rossiya Federatsiyasining 200 ta qurol va harbiy texnika namunalari o‘rin olgan pavilon o‘nlab mamlakatlar harbiy mutaxassislari, dizaynerlari va jurnalistlarining katta qiziqish markaziga aylandi. U yerda dunyodagi eng kuchli jangovar tank T-90SM “Proriv” va ajoyib jangovar piyodalar mashinasi - “Terminator”, “raqobatchilar” uchun qo‘l yetmas S-400 “Triumf” zenit raketa tizimlari va “Antey-4000”, eng so‘nggi o‘rta masofaga mo‘ljallangan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, S- 350E “Vitaz” va Viking, shuningdek, zalp olovli Pansir-S1M zenit raketa tizimlari va "Verba" ko‘chma zenit raketa komplekslari, zamonaviy o‘qotar qurollar va Rossiya mudofaa sanoatining boshqa ko‘plab yuqori texnologiyali mahsulotlari namoyish etildi.
Rossiya ilg‘or texnologiyalar va dushmanni yo‘q qilishning samarali vositalari doimiy kurash olib boradigan jahon qurol bozorining qariyb 20 foizini egallaydi, va RF o‘z sektorini hech kimga bermaydi. AQSh va boshqa NATO davlatlarining nohaq raqobat mexanizmlaridan foydalanishga urinishlari (Rossiyaga qarshi sanksiyalar va hamkorlarga bosim) barbod bo‘lishi aniq. Bundan tashqari, G‘arb haqiqiy jang maydonida G‘arb qurollar texnologiyasida ancha orqada qolganini namoyish etmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, “2021 yil dekabridan beri Rossiyaga qarshi tajovuz davrida NATO davlatlari UQKga 1170 ta havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi, 440 ta tank, 1510 ta jangovar piyoda mashinalari, 655 ta artilleriya tizimlarini topshirgan”. Va bu qurollarning aksariyati allaqachon yo‘q qilingan. Mudofaa sanoati va Rossiya Qurolli Kuchlari sa’y-harakatlari bilan G‘arbning bozorlarda va Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida jamoaviy harbiy-texnologik tahqirlanishda davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0