Jizzaxda 13 mingdan ziyod yoshlarning bandligini ta’minlash mo‘ljallangan - Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Djizakskuyu oblast s oznakomleniya s deyatelnostyu fermerskogo xozaystva "Paxtakor elita urugchiligi" v Paxtakorskom rayone
Shavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Djizakskuyu oblast s oznakomleniya s deyatelnostyu fermerskogo xozaystva Paxtakor elita urugchiligi v Paxtakorskom rayone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va paxta-to‘qimachlik klasterlari rahbarlariga Jizzaxdagi hosildorlikni oshirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Jizzaxda 13 mingdan ziyod yoshlarning bandligini ta’minlash mo‘ljallangan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi.
Safar dasturidagi birinchi manzil Paxtakor tumanidagi "Paxtakor elita urug‘chiligi" fermer xo‘jaligi bo‘ldi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Djizakskuyu oblast s oznakomleniya s deyatelnostyu fermerskogo xozaystva "Paxtakor elita urugchiligi" v Paxtakorskom rayone
Shavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Djizakskuyu oblast s oznakomleniya s deyatelnostyu fermerskogo xozaystva Paxtakor elita urugchiligi v Paxtakorskom rayone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Shavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Djizakskuyu oblast s oznakomleniya s deyatelnostyu fermerskogo xozaystva "Paxtakor elita urugchiligi" v Paxtakorskom rayone
Xo‘jalik maydoni 100 gektar bo‘lib, shundan 80 gektarida paxta va g‘alla, qolgan qismida soya, sarimsoqpiyoz, beda ekilgan. Dala chetiga tut, uzum, poliz va dukkakli mahsulotlar ekilgan, asalari uyalari qo‘yilgan. Yengil konstruksiyalardan dala uyi qurilgan, uning tomida quyosh panellari o‘rnatilgan.
Prezident ushbu uyni kirib ko‘rdi, fermer oilasi bilan suhbatlashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Djizakskuyu oblast s oznakomleniya s deyatelnostyu fermerskogo xozaystva "Paxtakor elita urugchiligi" v Paxtakorskom rayone
Shavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Djizakskuyu oblast s oznakomleniya s deyatelnostyu fermerskogo xozaystva Paxtakor elita urugchiligi v Paxtakorskom rayone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Shavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Djizakskuyu oblast s oznakomleniya s deyatelnostyu fermerskogo xozaystva "Paxtakor elita urugchiligi" v Paxtakorskom rayone
Qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va paxta-to‘qimachlik klasterlari rahbarlari bilan muloqotda hosildorlikni oshirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Djizakskuyu oblast s oznakomleniya s deyatelnostyu fermerskogo xozaystva "Paxtakor elita urugchiligi" v Paxtakorskom rayone
Shavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Djizakskuyu oblast s oznakomleniya s deyatelnostyu fermerskogo xozaystva Paxtakor elita urugchiligi v Paxtakorskom rayone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Shavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Djizakskuyu oblast s oznakomleniya s deyatelnostyu fermerskogo xozaystva "Paxtakor elita urugchiligi" v Paxtakorskom rayone
“Biz nimaga boyligimiz bo‘lgan yerni klasterlarga berdik? Xalqqa nafi tegishi uchun. Endi klasterlar islohotlarga munosib bo‘lib, davlat siyosatini amalga oshirishi kerak. Qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirish, korxonalar ochish va kasanachilik orqali o‘z hududida ishsizlikni kamaytirishi zarur”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, mamlakatda ishsiz fuqarolarga dehqonchilik uchun yerlar ajratilmoqda. Jizzax viloyatida bu orqali 13 mingdan ziyod yoshlarning bandligini ta’minlash mo‘ljallangan.

“Bir paytlar 1 gektar yerni xalqqa berish mumkin emasdi. Hozir 200 ming gektar ajratdik. Nima uchun? Odamlarga daromad manbai bo‘lishi uchun. Endi "qarsak ikki qo‘ldan chiqishi" kerak”, deya qo‘shimcha qildi prezident.

Fermerlarning manfaatdorligini ta’minlash, mahallalarning "o‘sish nuqtalari"ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yangiliklar lentasi
0