https://oz.sputniknews.uz/20230209/turkiyadagi-zilzila-32140013.html
Turkiyadagi zilzila oldindan bashorat qilingan edi – nega bu fojianing oldini olmadi?
Turkiyadagi zilzila oldindan bashorat qilingan edi – nega bu fojianing oldini olmadi?
Sputnik O‘zbekiston
Olimlar yil boshida bashorat qilgan zilzila bir oy o‘tib sodir bo‘ldi. Magnituda sakkizdan sal pastroq bo‘lsa-da, olimlar prognozni muvaffaqiyatli deb hisoblashmoqda. 09.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-09T20:23+0500
2023-02-09T20:23+0500
2023-02-09T20:23+0500
dunyoda
zilzila
turkiya
suriya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/06/32040797_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_6922a6586f0ca60b3e49e4230238516e.jpg
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Turkiyadagi ikkita kuchli zilzila episentri oldindan bashorat qilingan, ammo bu falokatning oldini olishga yordam bermadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Qayd etilishicha, Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan zilzila qaysidir ma’noda, olimlar uchun ajablanarli voqea bo‘lmadi.Zilzilalar sayyoraning yuqori qobig‘ini tashkil etuvchi litosfera plitalarining harakati natijasida yuzaga keladi. Ushbu mintaqada ikkita eng katta tektonik plitalar o‘zaro uchrashadi: - Arab plitasi janubdan shimol tomon harakatlansa, Anadolu plitasi G‘arbga tomonga harakatlanadi.Ularning oralig‘ida yirik tutash chiziqlari bo‘lib aynan ushbu hududlarda yer qimirlashlari sodir bo‘ladi. Tektonik platformalarning tutashuv zonasi juda keng, ammo eng xavfli hududlarni aniqlash usullari mavjud.Aytilishicha, 1970-yillarda sovet olimlari litosferaning blokli tuzilishi g‘oyasiga asoslangan yondashuvni ishlab chiqishgan. Har bir blok chuqur yoriqlar bilan bog‘liq bo‘lgan morfostrukturali chiziqlar - relyef elementlari bilan chegaralanadi. Ushbu chiziqlarning kesishgan tugunlari kuchli zilzilalar uchun eng ehtimoliy joylar deb tan olingan.Ma’lum bo‘lgan 6,5 magnitudali zilzilalarni o‘rgangach, mutaxassislar boshqa tugunlarda xavfli hodisalar ehtimolini hisoblab chiqishdi.Fevral oyidagi zilzila episentri ana shu nuqtalardan biriga to‘g‘ri kelgan. Usulning salbiy tomoni shundaki, u vaqtni emas, balki faqat halokat joyini bashorat qiladi.Keyinchalik zamonaviy prognozlash usullari vaqtni biroz aniqroq bilib olish imkonini beradi. Prognozlar yiliga ikki marta yangilanadi va turli mamlakatlardagi mutaxassislarga yuboriladi.Agar ko‘plab dalillar ushbu mintaqada zilzila sodir bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatsa, keyingi besh yil ichida bu doiraviy hudud xavfli bo‘ladi degan xulosaga keladi.Afsuski, fan hozircha voqea uchun aniqroq sanani ayta olmaydi, deya tushuntiradi Shebalin. Uning so‘zlariga ko‘ra, zilzila episentri bo‘lgan hudud taxminan ikki yil avval M8 algoritmiga ko‘ra xavfli bo‘lib qolgan.Ma’lumot uchun, Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan 7,8 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila o‘n mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/06/32040797_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_64acb2750a9a62161f2d88e8090efaa4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, zilzila, turkiya, suriya
dunyoda, zilzila, turkiya, suriya
Turkiyadagi zilzila oldindan bashorat qilingan edi – nega bu fojianing oldini olmadi?
Olimlar yil boshida bashorat qilgan zilzila bir oy o‘tib sodir bo‘ldi. Magnituda sakkizdan sal pastroq bo‘lsa-da, olimlar prognozni muvaffaqiyatli deb hisoblashmoqda.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Turkiyadagi ikkita kuchli zilzila episentri oldindan bashorat qilingan, ammo bu falokatning oldini olishga yordam bermadi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi. Qayd etilishicha, Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan zilzila qaysidir ma’noda, olimlar uchun ajablanarli voqea bo‘lmadi.
“Umuman Turkiya seysmik jihatdan juda faol mintaqada joylashgan. 1900-yildan buyon mamlakatda 13 ta zilzila sodir bo‘ldi, shu jumladan, oxirgisi 7 balldan yuqori. Bu g‘ayrioddiy narsa emas”, - deydi Rossiya Fanlar akademiyasi Zilzilalarni bashorat qilish nazariyasi va matematik geofizika instituti bosh ilmiy xodimi Aleksandr Gorshkov.
Zilzilalar sayyoraning yuqori qobig‘ini tashkil etuvchi litosfera plitalarining harakati natijasida yuzaga keladi. Ushbu mintaqada ikkita eng katta tektonik plitalar o‘zaro uchrashadi: - Arab plitasi janubdan shimol tomon harakatlansa, Anadolu plitasi G‘arbga tomonga harakatlanadi.Ularning oralig‘ida yirik tutash chiziqlari bo‘lib aynan ushbu hududlarda yer qimirlashlari sodir bo‘ladi. Tektonik platformalarning tutashuv zonasi juda keng, ammo eng xavfli hududlarni aniqlash usullari mavjud.
Aytilishicha, 1970-yillarda sovet olimlari litosferaning blokli tuzilishi g‘oyasiga asoslangan yondashuvni ishlab chiqishgan. Har bir blok chuqur yoriqlar bilan bog‘liq bo‘lgan morfostrukturali chiziqlar - relyef elementlari bilan chegaralanadi. Ushbu chiziqlarning kesishgan tugunlari kuchli zilzilalar uchun eng ehtimoliy joylar deb tan olingan.
“Ushbu yondashuvdan foydalanib, biz dunyoning deyarli barcha hududlarini o‘rgandik. Hamma joyda o‘zaro bog‘liqlik mavjud: kuchli zilzilalar episentrlari morfostrukturali chiziqlarning kesishgan tugunlari bilan chegaralangan", - deb tushuntirdi Gorshkov.
Ma’lum bo‘lgan 6,5 magnitudali zilzilalarni o‘rgangach, mutaxassislar boshqa tugunlarda xavfli hodisalar ehtimolini hisoblab chiqishdi.
Fevral oyidagi zilzila episentri ana shu nuqtalardan biriga to‘g‘ri kelgan. Usulning salbiy tomoni shundaki, u vaqtni emas, balki faqat halokat joyini bashorat qiladi.
Keyinchalik zamonaviy prognozlash usullari vaqtni biroz aniqroq bilib olish imkonini beradi. Prognozlar yiliga ikki marta yangilanadi va turli mamlakatlardagi mutaxassislarga yuboriladi.
“M8 algoritmi juda katta hududda – diametri 800 kilometrda sodir bo‘ladigan kuchsizroq zilzilalar haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi. Hammasi bo‘lib yetti xil belgi bor”, - deydi Rossiya Fanlar akademiyasi Zilzilalarni bashorat qilish nazariyasi va matematik geofizika instituti direktori Potr Shebalin.
Agar ko‘plab dalillar ushbu mintaqada zilzila sodir bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatsa, keyingi besh yil ichida bu doiraviy hudud xavfli bo‘ladi degan xulosaga keladi.
Oxirgi yangilanish (2026 yilgacha) 2023-yil yanvar oyi boshida chiqarilgan. Bir oy o‘tgach, bashorat qilingan xavfli zonada kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi. Magnituda sakkizdan sal pastroq bo‘lsa-da, olimlar prognozni muvaffaqiyatli deb hisoblashmoqda.
Afsuski, fan hozircha voqea uchun aniqroq sanani ayta olmaydi, deya tushuntiradi Shebalin. Uning so‘zlariga ko‘ra, zilzila episentri bo‘lgan hudud taxminan ikki yil avval M8 algoritmiga ko‘ra xavfli bo‘lib qolgan.
Ma’lumot uchun, Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan 7,8 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila o‘n mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.