Hindiston O‘zbekistonga gidroagregatlar yetkazib beradi

© "O‘zbekgidroyenergo" AJO‘zbekiston va Hindiston gidroenergetika sohasida tarixiy kelishuvga erishdi
O‘zbekiston va Hindiston gidroenergetika sohasida tarixiy kelishuvga erishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Obuna bo‘lish
Nyu-Dehlida O‘zbekistonga gidroagregatlarni yetkazish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Endi hindistonlik injener-muhandislar respublikaga doimiy ishlash uchun kelishadi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston gidroenergetika sohasida tarixiy kelishuvga erishdi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Nyu-Dehlida O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi hamda “O‘zbekgidroenergo” boshqaruvi raisi boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi navbatdagi tadbirda ishtirok etdi.
Tadbirda tarixiy kelishuvga erishildi. Hindistonning “MACLEC technical project laboratory pvt. LTD” kompaniyasi ishlab chiqargan gidroagregatlarni O‘zbekistonga yetkazish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Daryo va kanallar uchun suv yuzasida suzib turuvchi kinetik turbinali innovatsion gidroagregatlarning quvvati 50 MVtga teng. Ular 1-bosqichda 60 foizga mahalliylashtiriladi va O‘zbekiston sharoitida sinovdan o‘tkaziladi.
Keyingi bosqichda ishlab chiqarish 100 foiz mahalliylashtiriladi. Shundan so‘ng hindistonlik injener-muhandislar respublikada doimiy ishlashi va mahalliy mutaxassislarni gidroagregatlarni ishlab chiqarishga o‘rgatish uchun jalb qilinadi.
Aytilishicha, hozirda daryo va kanallarning nominal o‘lchamlari va quvvatlari yangi texnologiyalar yordamida aniqlandi va shu kunlarda ishlab chiqarish jarayonlari boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati Bo‘stoliq tumanidagi Pskem darosida quvvati 400 MVt bo‘lgan GES qurilmoqda. Loyihaga 788 mln $ sarflash ko‘zda tutilgan. Rossiyaning “VEB.RF” rivojlanish korporatsiyasi qurilish uchun 75 mln $ kredit ajratdi. Pskem GESi 2026-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
2023 yilda 197 megavattli 7 ta loyiha va 10 ta mikro gidroelektr stansiya ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, kelajakda yana 438 megavattli 8 ta istiqbolli loyiha va 50 ta mikro GES qurish bo‘yicha ishlar ham boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0