O‘zbekiston inflyatsiya darajasini 10 %dan pastga tushirmoqchi – qanday tovarlar arzonlashadi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
Prezident qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish uchun aholiga ajratilgan jami 200 ming gektar yerdan unumli foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekistonda inflyatsiya darajasini 10 foizdan pastga tushirish maqsad qilinmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda inflyatsiya darajasini pasaytirish choralari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil yakuni bilan mamlakatda inflyatsiya 12,3 foizni tashkil etgan. Barcha iqtisodiy mexanizmlarni qo‘llab, bu yilda mazkur ko‘rsatkichni 10 foizdan pastga tushirish maqsad qilinmoqda.
Buning uchun iste’mol tovarlari, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularni “daladan dasturxongacha” yetkazib berishdagi xarajatlarni qisqartirib, arzon bo‘lishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish uchun aholiga ajratilgan jami 200 ming gektar yerdan unumli foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu chora-tadbirlarni tizimli tashkil etish uchun hududlar salohiyatidan kelib chiqib, har bir tuman va shahar bo‘yicha alohida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Aytilishicha, aholi daromadlarini oshirishda ularning bo‘sh pul mablag‘larini moliya bozoriga jalb qilish natijasida oxirgi uch yilda ularning bankdagi omonatlari 2 baravarga oshdi.
Yig‘ilishda aholi uchun jozibador moliyaviy xizmatlar turlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yangiliklar lentasi
0