Turkiya va Suriyada kuchli zilziladan keyin qutqaruv ishlari qanday olib borilmoqda - foto
Turkiya va Suriyada kuchli zilziladan keyin qutqaruv ishlari qanday olib borilmoqda - foto
Sputnik O‘zbekiston
Turkiya va Suriyada bo‘lib o‘tgan zilziladan so‘ng turli mamlakatlardan kelgan minglab insonlar vayronalarni tozalash va omon qolganlarni izlashda ko‘ngilli bo‘lib ishtirok etishmoqda.
Turkiya va Suriyada bo‘lib o‘tgan zilziladan so‘ng turli mamlakatlardan kelgan minglab insonlar vayronalarni tozalash va omon qolganlarni izlashda ko‘ngilli bo‘lib ishtirok etishmoqda. Vayron bo‘lgan joylardan dahshatli va og‘riqli fotosuratlar bizning fototasmamizda.
Suriyaning shimoli-g‘arbidagi, Turkiya bilan chegaradosh Idlib viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida qulagan binolar vayronalari orasidan omon qolganlar qidirilmoqda.
Qutqaruvchilar 7-fevralda mamlakat janubi-sharqida sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali zilziladan keyin Turkiyaning Qahramanmaras shahrida qulagan binolar vayronalari orasidan omon qolganlarni qidirmoqda.
Qush parvozi balandligidan olingan tasvir. Suriyaning shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatining Turkiya bilan chegaradosh Harim shahri yaqinidagi Besniya qishlog‘i.
Qutqaruvchilar 6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali zilziladan keyin Adanada qulagan binolar vayronalari ostidan omon qolganlarni qidirmoqda.