Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xorijga chiqish pasportlarini berishda davom etadi

© Sputnik / Maksim BlinovSotrudnik PFR derjit v rukax pasport RF.
Sotrudnik PFR derjit v rukax pasport RF. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2023
Obuna bo‘lish
2 fevral kuni “Gosuslugi” portali Rossiya hududlari aholisini Goznakdagi texnik sabablarga ko‘ra mart oyining ikkinchi yarmigacha yangi pasportlar berish to‘xtatilishi haqida ogohlantira boshladi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi RF hududida yangi xorijga chiqish pasportlarini berish to‘xtatilganidan so‘ng, ularni rasmiylashtirish uchun hujjatlarni odatiy rejimda qabul qilishni davom ettirmoqda. Bu haqda dipmissiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
2 fevral kuni “Gosuslugi” portali Rossiya hududlari aholisini Goznakdagi texnik sabablarga ko‘ra mart oyining ikkinchi yarmigacha yangi pasportlar berish to‘xtatilishi haqida ogohlantira boshladi.

“2 fevraldan boshlab Rossiya hududlaridagi ko‘p funksiyali markazlarda yangi avlod biometrik xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun hujjatlarni qabul qilish to‘xtatilgani haqida paydo bo‘lgan ma’lumotlar bilan bog‘liq holda, elchixonaning konsullik bo‘limi ushbu masala bo‘yicha hujjatlarni qabul qilishni shtat rejimida davom ettirayotganini ma’lum qilamiz”, -deyiladi dipmissiya xabarida.

Yangi namunadagi xorijga chiqish pasporti biometrik bo‘lib, uning xizmat qilish muddati 10-yil. Titul sahifada pasport egasi va uning biometrik ma’lumotlari haqida mikrochip bo‘ladi: barmoq izi skanerlari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda chiplar yetishmasligi sababli yangi pasport rasmiylashtirishning iloji yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0