https://oz.sputniknews.uz/20230202/ozbekiston-oiv-31937184.html
O‘zbekiston OIV infeksiyasiga tekshiruvlar sonini 5 baravarga oshirdi
O‘zbekiston OIV infeksiyasiga tekshiruvlar sonini 5 baravarga oshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Mamlakatda odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) kasalligiga chalingan soni 45 mingdan ortiq kishini tashkil etadi.
2023-02-02T17:10+0500
2023-02-02T17:10+0500
2023-02-02T17:10+0500
jamiyat
oiv
o‘zbekiston
oits
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/06/14718793_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_c8c25f22da051c9a0c0b05b7ee3694e9.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonda odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) infeksiyasiga tekshiruvlar soni 5 baravarga ortdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori o‘rinbosari Gulifor Normuratova ma’lum qildi.Qayd etilishicha, OIV kasalligi bilan bugungi kunda respublikada 45 mingdan ortiq shaxslar yashab kelmoqda.Hozirda 63 ta tumanlararo OIV diagnostik laboratoriyalar orttirilgan immunitet tanqisligi sindromiga (OITS) qarshi kurashish markazlari tasarrufiga o‘tkazilib, zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Har bir viloyat yuqumli kasalliklari negizida 5 tadan 40 tagacha OIV bemorlarga xizmat ko‘rsatadigan o‘rinlar tashkil etildi.Bemorlarga qulayliklar yaratish maqsadida 260 ta yuqumli kasallik xonalari mutaxassislari qayta o‘qitilib, OITSga chalingan bemorlarni davolash ishlariga jalb etildi. OIV infeksiyasiga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 baravarga ortdi.Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni prezident tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, OIV infeksiyasiga qarshi kurashish maqsadida 2023–2027 yillarda davlat budjetidan 120 mlrd so‘m, xalqaro tashkilotlar jamg‘armasidan 54 mln dollar ajratiladi.Shuningdek, shu yilning 1-iyuniga qadar Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2023-yil yakuniga qadar boshqa hududlarda FHDYo organlari va tibbiyot muassasalari o‘rtasida nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi bo‘yicha majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha elektron ma’lumot almashinuv tizimi joriy etiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/06/14718793_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_81d43e00aeb56af194ed3c550dbb6717.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
odamning immunitet tanqisligi virusi oiv uzbekiston o‘zbekiston ma’lumot statistika
odamning immunitet tanqisligi virusi oiv uzbekiston o‘zbekiston ma’lumot statistika
O‘zbekiston OIV infeksiyasiga tekshiruvlar sonini 5 baravarga oshirdi
Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligi bilan bugungi kunda respublikada 45 mingdan ortiq shaxslar yashab kelmoqda.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonda odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) infeksiyasiga tekshiruvlar soni 5 baravarga ortdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori o‘rinbosari Gulifor Normuratova
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, OIV kasalligi bilan bugungi kunda respublikada 45 mingdan ortiq shaxslar yashab kelmoqda.
Hozirda 63 ta tumanlararo OIV diagnostik laboratoriyalar orttirilgan immunitet tanqisligi sindromiga (OITS) qarshi kurashish markazlari tasarrufiga o‘tkazilib, zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Har bir viloyat yuqumli kasalliklari negizida 5 tadan 40 tagacha OIV bemorlarga xizmat ko‘rsatadigan o‘rinlar tashkil etildi.
Bemorlarga qulayliklar yaratish maqsadida 260 ta yuqumli kasallik xonalari mutaxassislari qayta o‘qitilib, OITSga chalingan bemorlarni davolash ishlariga jalb etildi. OIV infeksiyasiga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 baravarga ortdi.
“Onadan bolaga OIV infeksiyasini yuqishini oldini olish maqsadida har yili 600 nafar onaga quruq sut mahsulotlari olib berilmoqda. OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa ijtimoiy nafaqalar berib borilishi yo‘lga qo‘yildi”, - dedi Gulifor Normuratova.
Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni prezident tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, OIV infeksiyasiga qarshi kurashish maqsadida 2023–2027 yillarda davlat budjetidan 120 mlrd so‘m, xalqaro tashkilotlar jamg‘armasidan 54 mln dollar ajratiladi.
Shuningdek, shu yilning 1-iyuniga qadar Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2023-yil yakuniga qadar boshqa hududlarda FHDYo organlari va tibbiyot muassasalari o‘rtasida nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi bo‘yicha majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha elektron ma’lumot almashinuv tizimi
joriy etiladi.