Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari “Giatsint” bilan UQK pozitsiyalariga zarba berishdi – video

Obuna bo‘lish
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Donbassni himoya qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiya hududida 152-mmli “Giatsint” o‘ziyurar to‘plari jangovar ishlarni bajaradi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
Qayd etilishicha, Markaziy harbiy okrug ixtiyorida bo‘lgan bu qurollar deyarli tunu kun jangovar vazifalarni bajarishmoqda va Ukraina Qurolli kuchlarining texnikasi, tayanch va qo‘mondonlik punktlari va harbiylarini yo‘q qilmoqda. U 30-40 km uzoqlikdani nishonlarni mo‘ljalga olishga qodir.
O‘t ochish uchuvchisiz uchar qurilma va frontning oldingi chiziqlarida bo‘lgan artilleriya razvedkasi yordami bilan yo‘naltiriladi. Rossiya harbiylarining birgalikdagi xatti-harakatlari nishon aniq mo‘ljalga olishini ta’minlaydi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0