Nukus tumanidagi ikki qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi

© Xokimiyat Nukusskogo rayonaV dvuxetajnom jilom dome v Nukusskom rayone Karakalpakstana proizoshol vzriv gazovozdushnoy smesi
V dvuxetajnom jilom dome v Nukusskom rayone Karakalpakstana proizoshol vzriv gazovozdushnoy smesi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
Chaqnash oqibatida 4 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa bugun, 31-yanvar kuni, soat 07:55 larda tumanning "Oqterak" MFYdagi ikki qavatli uyda ro‘y bergan. Hodisa joyiga zudlik bilan tuman FV bo‘limi yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan.
Chaqnash oqibatida 4 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Ular Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda chaqnashning sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Nukusda gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni oshdi
Yangiliklar lentasi
0