Turkiya, Rossiya va Suriya o‘rtasidagi muzokaralarga Eron ham qo‘shilishi mumkin – Erdog‘an

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishRedjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto
Redjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya-Turkiya-Suriya uchlikka birlashsin, Eron ham qo‘shilsin, muzokaralarimizni shu tarzda olib boraylik, deydi Erdog‘an.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Eron Turkiya, Rossiya va Suriya o‘rtasida rejalashtirilgan oliy darajadagi muzokaralarga qo‘shilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Erdog‘an avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Turkiya, Rossiya va Suriya yetakchilarining uchrashuvini o‘tkazishni taklif qilgani, biroq undan oldin razvedka xizmatlari, mudofaa vazirligi va tashqi ishlar vazirligi rahbarlarining uchrashuvi bo‘lishi kerakligini aytgan edi.

“Biz aytamizki: Rossiya-Turkiya-Suriya uchlikka birlashsin. Eron ham qo‘shilsin, muzokaralarimizni shu tarzda olib boraylik va mintaqaga tinchlik kelsin. Shu yerda biz ham natijaga erishamiz”, - dedi Erdog‘an.

Dekabr oyida Rossiyada Turkiya va Suriya mudofaa vazirlari o‘rtasida so‘nggi 11-yil ichidagi ilk muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
2011 yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlandi. Ushbu mojarodan oldin Damashq bilan yaqin aloqada bo‘lgan Turkiya Suriya prezidenti Bashar Asadning muxoliflari tomonida edi. O‘shandan beri Turkiyaning Suriya bilan aloqalari murakkabligicha qolmoqda. Biroq so‘nggi haftalarda har ikki tomon, shuningdek, ayrim ommaviy axborot vositalari bosqichma-bosqich normallashuv imkoniyati haqida gapirmoqda.
Anqara va Damashq o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Rossiya, Suriya va Turkiya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi rejalashtirilgan. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchrashuv fevral boshida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0