Yoshlar siyosati va sport vaziri Hindistondagi sport maktabi bilan tanishdi – foto

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Hindiston sport sohalarini rivojlantirishda tajriba almashadi - tafsilotlar.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov Hindistondagi sport maktabi bilan tanishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov Hindistondagi Uttar-Pradesh shtatining Merut shahrida joylashgan “Godwin Public School” maktabiga tashrif buyurdi.
Qayd etilishicha, maktabda aniq, tabiiy va gumanitar fanlardan tashqari, sportning ko‘plab to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Maktabda sportning futbol, kriket, volleybol, basketbol, o‘q otish, ushu, etnosport turlari uchun ham moliyaviy, ham infratuzilmaviy imkoniyatlar mavjud.
Bunda, maktab o‘quvchilari tanaffus yoki o‘quv faoliyatidan tashqari vaqtda shu sport turlari bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatiga ega.
“Hindiston tajribasi shuni ko‘rsatadi-ki, chekka va olis hududlarda asosan o‘sha hududda yuqori martabaga ega shaxslar sportning muayan turlarini rivojlantirish bo‘yicha maxsus sport majmualari va to‘garaklarini yo‘lga qo‘yadi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari A.Ikramov maxsus tashkil qilingan sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari uchun minnatdorlik bildirdi. Ikki mamlakat o‘rtasida sport sohalarini rivojlantirishda tajriba almashish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
© Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Adham Ikramov - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Adham Ikramov - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Adham Ikramov - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Adham Ikramov - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Yangiliklar lentasi
0