https://oz.sputniknews.uz/20230125/ozbekiston-va-qirgiziston-ozaro-tovar-ayirboshlashni-2-milliard-dollarga-etkazmoqchi-31701727.html
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga yetkazmoqchi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga yetkazmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki mamlakat birgalikda tijorat avtomobillari va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni muhokama qilmoqda. 25.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-25T15:38+0500
2023-01-25T15:38+0500
2023-01-25T15:44+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/19/31695606_0:0:1000:563_1920x0_80_0_0_968a8ffca4702842390e4cf62cf3fc57.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Bishkekda bu boradagi amalga oshiriladigan qator aniq amaliy choralarni muhokama qildi.Tashrif davomida Qudratov Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Bakit Toroboyev va iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev bilan uchrashdi. Muloqotda o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari tomonlar diqqat markazida bo‘ldi.O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari ko‘rib chiqildi. Kimyo va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik, farmatsevtika, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish materiallari, elektrotexnika, shuningdek, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika va turizm kabi sohalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib borayotgani ta’kidlandi. So‘nggi 6-yil ichida ikki tomonlama savdo 8 baravarga oshib, 2022-yilda 1,3 milliard dollarga yetgan.Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev bilan uchrashuvda tijorat avtomobillari va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish, yigiruv va to‘qimachilik korxonalarini qurish va kengaytirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Tadbirkorlarga tegishli shartnoma va bitimlar tuzishda ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Tomonlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida, ya’ni ikki davlat hududlarida intensiv bog‘lar va yuqori texnologiyali issiqxonalar barpo etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar. Shu maqsadda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish joylari, shuningdek, ikki davlat xususiy korxonalari orqali tashabbuskorlar bir hafta muddatda belgilanadi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20230119/qirgiziston-ozbekiston-orqali-otuvchi-yangi-savdo-yonalishi-ustida-ishlamoqda-31575454.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/19/31695606_71:0:959:666_1920x0_80_0_0_01076fa064025bc35d94f36a3fcde8a4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, qirg‘iziston
iqtisod, o‘zbekiston, qirg‘iziston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga yetkazmoqchi
15:38 25.01.2023 (yangilandi: 15:44 25.01.2023) Ikki mamlakat birgalikda tijorat avtomobillari va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Bishkekda bu boradagi amalga oshiriladigan qator aniq amaliy choralarni
muhokama qildi. Tashrif davomida Qudratov Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Bakit Toroboyev va iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev bilan uchrashdi. Muloqotda o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari tomonlar diqqat markazida bo‘ldi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari ko‘rib chiqildi. Kimyo va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik, farmatsevtika, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish materiallari, elektrotexnika, shuningdek, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika va turizm kabi sohalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib borayotgani ta’kidlandi. So‘nggi 6-yil ichida ikki tomonlama savdo 8 baravarga oshib, 2022-yilda 1,3 milliard dollarga yetgan.
“Yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkichni 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qator aniq amaliy choralar ko‘rishga tayyorlik bildirildi”, - deyilgan xabarda.
Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev bilan uchrashuvda tijorat avtomobillari va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish, yigiruv va to‘qimachilik korxonalarini qurish va kengaytirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tadbirkorlarga tegishli shartnoma va bitimlar tuzishda ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida, ya’ni ikki davlat hududlarida intensiv bog‘lar va yuqori texnologiyali issiqxonalar barpo etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar. Shu maqsadda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish joylari, shuningdek, ikki davlat xususiy korxonalari orqali tashabbuskorlar bir hafta muddatda belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan
Qirg‘izistonda bo‘ladi.