Qirg‘iziston O‘zbekiston orqali o‘tuvchi yangi savdo yo‘nalishi ustida ishlamoqda

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishSkoplenie gruzovikov na granitse Kaliningradskoy oblasti s Litvoy
Skoplenie gruzovikov na granitse Kaliningradskoy oblasti s Litvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Yo‘nalish respublikani O‘zbekiston, Turkmaniston va Kaspiy dengizi orqali Rossiya bilan bog‘laydi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston savdoni rivojlantirish uchun yangi yo‘nalish ustida ishlamoqda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Qayd etilishicha, loyiha ustida Transport, Iqtisodiyot vazirliklari va yuk tashuvchilar ishlamoqda.
Yo‘nalish respublikani O‘zbekiston, Turkmaniston va Kaspiy dengizi orqali Rossiya bilan bog‘laydi.
Kuni kecha Astraxanda Qirg‘iziston, Rossiya, Turkmaniston va O‘zbekiston davlat idoralari va biznes vakillari o‘rtasida to‘rt tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tgan.
Delegatsiya a’zolari “Astraxan dengiz porti” AJ, “Astraxan porti” OAJva “Armada” AJ faoliyati bilan tanishishdi.
Yangiliklar lentasi
0