Jizzax viloyatidagi xonadonda bo‘ri saqlanayotgani aniqlandi

© Sputnik / Andrey SolomonovAmerikanskiy koyot v zoopitomnike redkix i ischezayushix vidov Moskovskogo zooparka
Amerikanskiy koyot v zoopitomnike redkix i ischezayushix vidov Moskovskogo zooparka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Fuqaro noqonuniy tarzda saqlangan bo‘ri uchun 3 mln so‘m jarima to‘laydi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro o‘z xonadonida bo‘ri saqlab kelgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladigan ko‘pkari uchun Zomin qo‘riqxonasidan bo‘ri olib kelingani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar davomida Zomin tumani "Turkman" MFYda yashovchi fuqaro o‘z xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Bu bilan fuqaro "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunining 4, 32, 33-moddalarining talablarini buzgan.

"Shundan kelib chiqib, fuqaroga O‘zbekiston MJtKning 90-moddasi, 1-bandiga asosan BHMning 10 baravari, ya’ni 3 mln so‘m miqdorida jarima belgilandi", - deyiladi xabarda.

Bo‘rini tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0