Azur Air aviakompaniyasining samolyoti bomba haqidagi xabar tufayli O‘zbekistonga qo‘ndi

© Sputnik / Aleksandr Tarasenkov / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii Azur Air
Samolet aviakompanii Azur Air - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2023
Obuna bo‘lish
Samolyot muvafaqqiyatli qo‘ngandan so‘ng yo‘lovchilarning bagaji va qo‘l yuki aeroport xavfsizlik xizmati tomonidan sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazildi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Bomba haqida xabar kelib tushgandan so‘ng Azur Air aviakompaniyasining samolyoti O‘zbekistonga qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti Ani agentligiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, samolyot Permdan Hindistonning Goa shahriga uchayotgan bo‘lgan. Bortga bomba o‘rnatilgani haqidagi xabarlardan so‘ng samolyot Termizga qo‘nishga majbur bo‘lgan.
“Dabolim aeroporti direktori bortga bomba o‘rnatilgani haqida elektron pochta xabarini olganidan keyin samolyot boshqa manzilga yo‘naltirildi”, deyiladi xabarda.
Politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, samolyot bortida - 238 yo‘lovchi, jumladan, 2 chaqaloq va 7 ekipaj a’zosi bo‘lgan.

“Samolyot muvafaqqiyatli qo‘ngandan so‘ng yo‘lovchilarning bagaji va qo‘l yuki aeroport xavfsizlik xizmati tomonidan sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazildi – hech qanday xavfli moddalar yoki qurilmalar topilmadi”, deb xabar berdi RIA Novosti.

Bomba haqidagi xabardan so‘ng Termizga qo‘ngan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 19.00 da o‘z manziliga uchadi.
Azur air aviakompaniyasining xabar berishicha, yo‘lovchilarni mehmonxonaga joylashtirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0