Tarixiy sana: Varshava ozod qilingan kun - video

Obuna bo‘lish
Bugun Sovet Ittifoqi armiyasi tomonidan Varshavaning nemis-fashistlari bosqinidan ozod qilnganiga 77-yil to‘ldi.
Bundan 77-yil oldin 1945-yilning 17-yanvar kuni Sovet Ittifoqi qo‘shinlari Polsha poytaxti Varshavani nemis-fashistlari bosqinidan ozod qilgan edi.
Varshava 5-yil davomida Germaniya askarlari qo‘li ostida bo‘lgan va ushbu davr mobaynida shahardagi sanoat obyektlarning 90%, arxitektura yodgorliklarning 90% va turar joylarning 72% yo‘q qilingan.
Ushbu sana xotirasiga Varshavada "Zirhli og‘alik" monumenti o‘rnatilgan va unda shunday so‘zlar yozilgan edi:
"Polsha xalqining ozodligi va mustaqilligi uchun o‘z hayotlarini qurbon qilgan Sovet armiyasi qahramonlariga - quroldosh do‘stlarimizga shon-sharaflar bo‘lsin"
Bugun esa Varshavada boshqacha kayfiyatlar hukm surmoqda.
Yangiliklar lentasi
0