“Montaj” filmi rejissori Hindistonda mukofot bilan taqdirlandi

© AP Photo / Gurinder OsanSolnse vosxodit nad Tadj-Maxalom v Agre, Indiya
Solnse vosxodit nad Tadj-Maxalom v Agre, Indiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2023
Obuna bo‘lish
Film “Mumbai Entertainment International Film festival India” festivalida “Eng yaxshi erkak rejissor” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Dilshodbek Usmonovning “Montaj” qisqa metrajli filmi “Mumbai Entertainment International Film festival India” festivalida “Eng yaxshi erkak rejissor” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
© Informatsionnaya slujba agentstva kinematografiiRejisser filma "Montaj" bil udostoyen nagradi v Indii.
Rejisser filma Montaj bil udostoyen nagradi v Indii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2023
Rejisser filma "Montaj" bil udostoyen nagradi v Indii.
Shuningdek, mazkur film “Debut” festivalining II darajali “Gran Pri” mukofotiga sazovor bo‘lgan. U Gonkongda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi “Global University Film Awards 2022” festivali, Avstriya poytaxti Vena shahrida bo‘lib o‘tgan “Vienna International Film Awards” kinofestivali, “Moskva premyerasi” xalqaro kinofestivali, Marokashda o‘tkazilgan VII “Tetauon” xalqaro film maktablari kinofestivali, Qozog‘istondagi “Bastau” butun dunyo talabalar hamda debutantlar kinofestivalida ishtirok etgan va turli yo‘nalishlarda taqdirlangan.
Bundan tashqari kinokartina Braziliyada o‘tkazilgan “Campinas film festival 2022”ning “Eng yaxshi xalqaro qisqa metrajli film” mukofoti sohibi bo‘lgan.
Film ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissor Dilshodbek Usmonov, postanovkachi operator Kamoliddin Ziyovuddinov, postanovkachi rassom Rustam Shoyanov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar To‘ychi Ahmedov.
Yangiliklar lentasi
0