Kurchatov - O‘zbekistonda yadro fizikasi rivojiga shaxsiy hissa qo‘shgan olim

© Sputnik / RIA NovostiAkademik Igor Vasilyevich Kurchatov
Akademik Igor Vasilyevich Kurchatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Taniqli yadro fizikasi olimi, sovet yadro quroli yaratuvchisi O‘zbekistonda ham yadro fizikasining rivojlanishi uchun katta hissa qo‘shgan.
TOShKENT, 12 yanv – Sputnik. Bugun mashhur yadro fizikasi olimi, sovet yadro quroli yaratuvchisi, SSSR yadro fizikasi asoschilaridan biri Igor Kurchatov tavalludining 120-yilligi nishonlanmoqda.
Buyuk olim, professor, Atom energiyasi institutining asoschisi Kurchatov nafaqat atom va vodorod bombasini yaratish bilan shug‘ullangan, balki atom energiyasidan xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini ham izlagan. Shuning uchun u SSSR respublikalarida fanni rivojlantirishda ham faol ishtirok etdi.
1956 yilda Igor Kurchatov O‘zbekiston SSRga - Toshkent va Buxoroga tashrif buyurdi. Bu yerda Respublika Fanlar akademiyasi olimlari faoliyati bilan tanishdi, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot sohasi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Potr Astashenkov o‘zining “Akademik Kurchatovning jasorati” kitobida yozganidek, tajribali fizik paxtachilikni rivojlantirish va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda yadroviy tadqiqotlardan foydalanish istiqbollarini darrov ko‘ra bilgan.

"Bu yerda yarim yemirilish davri bir necha o‘n daqiqa bo‘lgan qisqa muddat yashovchi izotoplar kerak. Ular yordamida Kara-Tau fosforitlaridan samaraliroq foydalarish va yerlar sho‘rlanishini oldini olish imkonini beradi. Paxtachilikda ham bunday izotoplar juda kerak. Qisqa muddat yashovchi izotoplarni hech qayerdan olib kelib bo‘lmaydi. Reaktor qurish kerak", - deb o‘z kuzatuvlarini yakunlagan edi o‘shanda buyuk olim Igor Vasilyevich Kurchatov.

O‘shanda mintaqada birinchi atom elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan Buxoroga safaridan so‘ng Kurchatov toshkentlik olimlar yig‘ilishida ishtirok etdi.

“U, xususan, Toshkentda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish borasidagi ishlarda bunday ko‘lam, saviya va qiziqishni topaman deb o‘ylamaganligini tan oldi. Va bu ishlar qo‘llab-quvvatlanishini va’da berdi. Toshkentlik olimlarga esa barcha ishlarning rivojlanishi borasida shaxsan u bilan bog‘lanishni tayinladi", - deb eslaydi O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining sobiq birinchi kotibi Nuritdin Muhitdinov o‘z xotiralarida.

© Sputnik / N. KlyuchnevInstitut yadernoy fiziki Akademii nauk Uzbekskoy SSR.
Institut yadernoy fiziki Akademii nauk Uzbekskoy SSR. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Institut yadernoy fiziki Akademii nauk Uzbekskoy SSR.
Kurchatov O‘zbekistonni eslashni yaxshi ko‘rardi va mehmonlarga o‘sha sayohat haqida tez-tez gapirib berar, u yerdan olib kelingan sovg‘alarni ko‘rsatardi.

“Kechqurun Igor Vasilyevich Kurchatov va Yuliy Borisovich Xariton [yadro fizigi, SSSR Fanlar akademiyasi a’zosi – tahr.] Fanlar akademiyasi [O‘zbekiston] prezidenti Tesha Zohidovich Zohidovning uyida mehmonda bo‘lib, o‘zini erkin his qilganini aytdi. "U hatto oshxonaga chiqib, qanday ovqat tayyorlayotganini ko‘rdi. Zohidov unga o‘zbekcha to‘n, belbog‘ va do‘ppi sovg‘a qildi. Keyinchalik Moskvada, olim uyida mehmonlar oldiga o‘sha to‘n va do‘ppida ko‘rinish berar edi”, - deb yozadi o‘zbek olimi Sodiq Azimov.

Igor Vasilyevich O‘zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi etib saylangan.
Kurchatov O‘zbekistonda suv-suvli yadroviy reaktorini yaratishda katta yordam ko‘rsatdi. Ushbu reaktor bugungi kunga qadar muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Kurchatov shu tariqa Osiyodagi birinchi yadro reaktoriga ega bo‘lgan Yadro fizikasi institutining asoschilaridan biriga aylandi.
Undan so‘ng Kurchatov rahbarligida Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston, Latviya va Litvada ham yadroviy tadqiqot markazlari ochildi, ko‘plab ittifoq respublikalari universitetlarida yadro fizikasi kafedralari paydo bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0