https://oz.sputniknews.uz/20230112/jizzax-viloyati-hokimi-tatariston-rahbari-rustam-minnixanov-bilan-uchrashdi-31421094.html
Jizzax viloyati hokimi Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi
Jizzax viloyati hokimi Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda tomonlar hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. 12.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-12T18:12+0500
2023-01-12T18:12+0500
2023-01-12T18:12+0500
jizzax
tatariston
rustam minnixanov
o‘zbekiston - rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0c/31420751_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3dde2f2f29e8727c3e7ca9aa9fdb0ccb.jpg
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.Uchrashuv Qozon shahridagi Tatariston rahbari qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.Rustam Minnixanov o‘z so‘zida o‘zbekistonlik hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlikning yuqori darajasini qayd etdi. Savdo hajmi ortib bormoqda, qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.Ergash Saliyev, o‘z navbatida, Tatariston bilan hamkorlikni yanada har tomonlama rivojlantirishdan ham manfaatdor ekanligini bildirdi.Jizzax viloyati hokimi Tataristonga tashrifi doirasida Innopolisga ham tashrif buyurdi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Shayxutdinov bilan uchrashgan edi. Unda Tatariston tomoni viloyat bilan avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rishga va hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirgan edi.
tatariston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0c/31420751_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_884a96d62ef2c778e1f5886b69e960b2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jizzax, tatariston, rustam minnixanov, o‘zbekiston - rossiya
jizzax, tatariston, rustam minnixanov, o‘zbekiston - rossiya
Jizzax viloyati hokimi Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi
Uchrashuvda tomonlar hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar
berdi. Uchrashuv Qozon shahridagi Tatariston rahbari qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Rustam Minnixanov o‘z so‘zida o‘zbekistonlik hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlikning yuqori darajasini qayd etdi. Savdo hajmi ortib bormoqda, qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
“Biz Rossiya-O‘zbekiston do‘stona munosabatlari doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatini yuqori baholaymiz. Bunda davlatlarimiz prezidentlarining xizmatlari alohida”, - deydi Rustam Minnixanov.
Ergash Saliyev, o‘z navbatida, Tatariston bilan hamkorlikni yanada har tomonlama rivojlantirishdan ham manfaatdor ekanligini bildirdi.
Jizzax viloyati hokimi Tataristonga tashrifi doirasida Innopolisga ham tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Shayxutdinov bilan uchrashgan edi. Unda Tatariston tomoni viloyat bilan avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rishga va hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirgan
edi.