Toshkentda ayrim transportlar harakati uzaytirilib, bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

© “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatiavtobus
avtobus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
Endilikda 12-yanvar kunidan boshlab, Qo‘yliq dehqon bozori orqali harakatlanuvchi bir qator transport vositalari “Food city” savdo majmuasi avtoshohbekatigacha harakatlanadi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Toshkentdagi Qo‘yliq bozori orqali harakatlanuvchi ayrim avtobus va yo‘nalishli taksilar harakati uzaytirilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
12 yanvardan boshlab Qo‘yliq dehqon bozori orqali harakatlanuvchi bir qator transport vositalari “Food city” savdo majmuasi avtoshohbekatigacha harakatlanadi.
Harakatlanuvchi transportlar:
39, 45, 110, 122, 130-sonli 5 ta avtobus;
8I, 9I, 25M, 61M, 55M, 73M, 99M, 170M, 191M, 195M-sonli 10 ta yo‘nalishli taksi.
© ToshshahartransxizmatQo‘yliq bozori orqali harakatlanuvchi ayrim avtobus va yo‘nalishli taksilar harakati uzaytirildi
Qo‘yliq bozori orqali harakatlanuvchi ayrim avtobus va yo‘nalishli taksilar harakati uzaytirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Qo‘yliq bozori orqali harakatlanuvchi ayrim avtobus va yo‘nalishli taksilar harakati uzaytirildi
Qayd etilishicha, mazkur harakatlar bozor atrofidagi mavjud tirbandliklarni oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, bunga Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Bektemir shohko‘chasi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qurish hamda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilayotgani ham sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, “Food city” savdo majmuasi ma’muriyati yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 6 ta jadval asosida bepul avtobus harakatini yo‘lga qo‘ygan.
Ular “Food city savdo majmuasi – Qo‘yliq 7-metro bekati” yo‘nalishida harakatlanadi.
Avtobuslar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Toshkentga yangi avtobuslar keltirildi: Ular qaysi yo‘nalishlarda harakatlanadi?
Yangiliklar lentasi
0