Toshkentga yangi avtobuslar keltirildi: Ular qaysi yo‘nalishlarda harakatlanadi?

© ToshshahartransxizmatAvtobuslar
Avtobuslar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Obuna bo‘lish
Yangi avtobuslar poytaxtning qaysi yo‘nalishlarida harakatlanishi haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Toshkent avtobus parkiga 16 ta yangi MAN avtobuslari keltirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi avtobuslar 6 ta yo‘nalishda harakatlanadi.
© ToshshahartransxizmatAvtobuslar
Avtobuslar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Avtobuslar
Harakat yo‘nalishlari:
4 donasi 28-sonli “Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi”;
4 donasi 13-sonli “Izza mavzesi – Toshkent MUM”;
1 donasi 91-sonli "Yunusobod mavzesi 15-daha – Ko‘kcha masjidi bekati”;
1 donasi 118-sonli “Chilonzor buyum bozori – O‘zposlsavdo”;
3 donasi 87-sonli “Chinni bozori bekati – Qoraqamish 2/4 mavzesi”;
3 donasi 88-sonli “Ibn Sino 2-mavzesi – M.Yusuf ko‘chasi”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 475 kmga yaqin 34ta alohida avtobus yo‘lakchalari tashkil etilishi ma’lum qilingan edi. Bu yo‘lakchalarda avtobuslardan tashqari faqatgina tez yordam, yong‘in xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanishi mumkin. Qolgan avtotransport vositalariga esa harakatlanish taqiqlanadi va bu tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0