https://oz.sputniknews.uz/20230110/ozgidromet-anomal-sovuq-qachongacha-davom-etishini-malum-qildi--31368956.html
O‘zgidromet anomal sovuq qachongacha davom etishini ma’lum qildi
O‘zgidromet anomal sovuq qachongacha davom etishini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Eng kuchli sovuq respublika shimolida kechalari −20…−25 darajagacha, Usturtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida −27…−30 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. 10.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-10T14:40+0500
2023-01-10T14:40+0500
2023-01-10T15:29+0500
jamiyat
o‘zgidromet
ob-havo
sovuq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0a/31362858_0:416:1904:1487_1920x0_80_0_0_e5458f6cd0882aa9944544357ce7331e.jpg
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi anomal (g‘ayritabiiy) sovuq ob-havo shu haftaning oxirigacha saqlanib turadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.9−10 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismining shimoliy hududlari ustida shakllangan juda sovuq havo massasi kirib kelishi boshlandi. 10-yanvar kuni respublika hududining katta qismida qor yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarini ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.11 yanvarda faqat respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida qor yog‘ishi saqlanib turadi. Keyinchalik hafta oxirigacha O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha, asosan, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.10−11 yanvar kunlari Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 23−25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Sovuq havoning kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha haroratning sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘ladi.Haftaning o‘rtasiga kelib, harorat kechalari −12…−17 darajacha, ba’zi joylarda -20 darajagacha, kunduz kunlari −5…−10 darajagacha, ba’zi joylarda -12 darajagacha pasayadi. Eng kuchli sovuq respublika shimolida kechalari −20…−25 darajagacha, Usturtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida −27…−30 darajagacha, kunduz kunlari −7…−12 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.Sinoptiklar ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekiston bo‘ylab eng past harorat qiymatlari so‘nggi marta 2008-yilning yanvar oyida kuzatilgan. Respublika hududi bo‘yicha harorat −17…−22 darajagacha, ba’zi joylarda −24…−26 darajagacha, Qoraqalpog‘iston va cho‘l hududlarda −30…−33 darajagacha pasayishi qayd etilgan. O‘sha yilda Toshkentda minimal harorat -17,4 darajani tashkil etgan.1972, 1973, 1974 va 1977-yillarda respublika bo‘ylab ba’zi joylarda yanada qattiq sovuqlar kuzatilgan. Shimolda va cho‘l hududlarda bu yillarda harorat −33…−38 darajaga yetgan. Toshkentda 1974-yilning yanvar oyida havo harorati -18,6 darajagacha pasayishi qayd etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230110/anomal-sovuq-kunlari-barcha-tibbiyot-muassasalari-uzluksiz-ishlaydi---ssv-31361763.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0a/31362858_0:237:1904:1665_1920x0_80_0_0_5c984c36c33b441c6d24ee727ffbde43.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zgidromet, ob-havo, sovuq
jamiyat, o‘zgidromet, ob-havo, sovuq
O‘zgidromet anomal sovuq qachongacha davom etishini ma’lum qildi
14:40 10.01.2023 (yangilandi: 15:29 10.01.2023) Eng kuchli sovuq respublika shimolida kechalari −20…−25 darajagacha, Usturtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida −27…−30 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi anomal (g‘ayritabiiy) sovuq ob-havo shu haftaning oxirigacha saqlanib turadi, deb
xabar bermoqda O‘zgidromet.
9−10 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismining shimoliy hududlari ustida shakllangan juda sovuq havo massasi kirib kelishi boshlandi.
10 yanvar kuni respublika hududining katta qismida qor yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarini ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.
11 yanvarda faqat respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida qor yog‘ishi saqlanib turadi. Keyinchalik hafta oxirigacha O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha, asosan, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
10−11 yanvar kunlari Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 23−25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Sovuq havoning kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha haroratning sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘ladi.
Haftaning o‘rtasiga kelib, harorat kechalari −12…−17 darajacha, ba’zi joylarda -20 darajagacha, kunduz kunlari −5…−10 darajagacha, ba’zi joylarda -12 darajagacha pasayadi. Eng kuchli sovuq respublika shimolida kechalari −20…−25 darajagacha, Usturtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida −27…−30 darajagacha, kunduz kunlari −7…−12 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Sinoptiklar ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekiston bo‘ylab eng past harorat qiymatlari so‘nggi marta 2008-yilning yanvar oyida kuzatilgan. Respublika hududi bo‘yicha harorat −17…−22 darajagacha, ba’zi joylarda −24…−26 darajagacha, Qoraqalpog‘iston va cho‘l hududlarda −30…−33 darajagacha pasayishi qayd etilgan. O‘sha yilda Toshkentda minimal harorat -17,4 darajani tashkil etgan.
1972, 1973, 1974 va 1977-yillarda respublika bo‘ylab ba’zi joylarda yanada qattiq sovuqlar kuzatilgan. Shimolda va cho‘l hududlarda bu yillarda harorat −33…−38 darajaga yetgan. Toshkentda 1974-yilning yanvar oyida havo harorati -18,6 darajagacha pasayishi qayd etilgan.