Anomal sovuq kunlari barcha tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi - SSV

© Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida tunu kun xizmat ko‘rsatadi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. ​Anomal sovuq kunlarda barcha tibbiyot muassasalarining uzluksiz va barqaror ishlashi ta’minlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Mamlakatda 10-15 yanvar kunlari anomal ob-havo sharoitida tizimga qarashli davolash muassasalari uchun 436 ta qo‘shimcha dizel generatori xarid qilinib, joylarga yuborilmoqda.
Vazirlik quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rgan:
155 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalar hamda mahalla tibbiyot punktlariga 260 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 10 300 litr hajmli quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi.
375 ta mahalla tibbiyot punkti, 50 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalar uchun 2 352 kVt. quvvatga ega quyosh panellari harid qilindi.
barcha viloyatlarda tunu kun xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi generatorlar tashkil qilindi.
Qayd etilishicha, shu kunlari 72 000 nafardan ziyod shifokor va hamshiralardan iborat tibbiy brigadalar o‘z faoliyatini olib boradi. Birinchi navbatda, homilador ayollar, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydigan xonadonlardan xabar olish, o‘z navbatida, “onlayn patronaj” xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Ambulator-poliklinika tizimidagi 19,5 mingdan ziyod kunduzgi shifoxona o‘rinlarida uydan ajralmagan holda davolanish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, 1257 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika, 1080 ta oilaviy shifokor punkti hamda 1002 ta mahalla tibbiyot punkti aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Respublika, viloyat, tuman va shahar shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari odatdagi tartibda ishlaydi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Respublika bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida tunu kun xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.
Toshkent shahar hokimligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Toshkent shahri anomal sovuq kunlarga qanday tayyorlanmoqda?
Yangiliklar lentasi
0