Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina qo‘shinlari yaqin orada Soledardan chekinadi – LXR

Voyennoslujashie armii Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina harbiylari Artyomovsk va Soledar tumanlarida jiddiy yo‘qotishlarga uchragan.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Ukraina qo‘shinlariga Soledardan chekinishga buyruq berildi, dedi Lugansk xalq respublikasi politsiyasi polkovnigi Vitaliy Kiselov Kiyev harbiylari safidagi manbalarga tayanib. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Telegram kanalida u “yaqin kelajakda dushman Soledar va uning atrofidagi qishloqlarni tark etadi” degan fikrni bildirdi.

“Dushman manbalari Ukraina Qurolli kuchlari chekinish buyrug‘ini olganini tasdiqlaydi”, - dedi Kiselov.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich Ukraina qo‘shinlari Artyomovsk va Soledar tumanlarida jiddiy yo‘qotishlarga uchraganini ma’lum qilgandi. Artyomovsk va Soledar uchun shiddatli janglar davom etmoqda.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0