O‘zbekistondagi to‘rtta aeroport noqulay ob-havo sabab vaqtincha yopildi

© Uzbekistan airports Namangan xalqaro aeroporti
Namangan xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2023
Obuna bo‘lish
Soat 10:00 dan boshlab to‘rtta aeroportda samolyotlarni qabul qilish/jo‘natish bo‘yicha cheklovlar joriy qilindi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Bugun noqulay ob-havo sharoiti tufayli O‘zbekistondagi 4 ta aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Soat 10:00 dan boshlab quyidagi to‘rtta aeroportda samolyotlarni qabul qilish/jo‘natish bo‘yicha cheklovlar joriy qilindi:
“Andijon” aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 50 m;
“Namangan” aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 50 m;
“Farg‘ona” aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 400 m;
“Urganch” aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 600 m.
Avvalroq "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Namangandan Irkutsk, Toshkentga uchadigan reyslari bekor qilingandi. Shuningdek, UTair aviakompaniyasining Farg‘ona – Moskva yo‘nalishidagi parvozi keyinga qoldirgandi.
Yangiliklar lentasi
0