G20 ning Hindistondagi sammiti Ukrainasiz o‘tadi

© AP Photo / Achmad Ibrahim/PoolKorabl na fone logotipa sammita G20 v Nusa Dua, Bali
Korabl na fone logotipa sammita G20 v Nusa Dua, Bali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2023
Obuna bo‘lish
G20 ning navbatdagi yig‘ilishi 9-10 sentabr kunlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Ukraina G20 sammitida ishtirok etishga taklif qilinmadi, dedi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Arindam Bagchi.
G20 ning navbatdagi yig‘ilishi 9-10 sentabr kunlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadi.

“G20 a’zolari va biz maxsus taklif qilishni rejalashtirayotgan davlatlar e’lon qilindi. Menimcha, Ukraina bu ro‘yxatda yo‘q. Agar bu borada qandaydir o‘zgarishlar bo‘lsa, men albatta (bu masalaga – tahr.) qaytaman va sizni xabardor qilaman”, - deya Bagchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Hindistonning G20 raisligi noyabr oyining oxirigacha davom etadi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda G20 sammiti Indoneziyaning Bali orolida o‘tkazildi. Unga “Katta yigirmatalik”ga kirmasada Ukraina ham taklif qilindi.
Yangiliklar lentasi
0