https://oz.sputniknews.uz/20230106/dok-1-maks-va-ambronol-laboratoriya-sinovlaridan-togri-tartibda-otkazilmagan--dxx--31282982.html
“Dok-1 MAKS” va “Ambronol” laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagan – DXX
“Dok-1 MAKS” va “Ambronol” laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagan – DXX
Sputnik O‘zbekiston
Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga tegishli tartibda joylashtirilgan. 06.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-06T14:03+0500
2023-01-06T14:03+0500
2023-01-06T14:30+0500
jamiyat
hindiston
o‘zbekiston
dori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31142922_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_3911ef486aa0a543e98a7424494f5c56.jpg
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. “Dok-1 MAKS” va “Ambronol” dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, DXX Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax Medikal” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mas’ul shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.“Quramax Medikal” MChJ tomonidan O‘zbekistonga import qilingan ushbu preparatlar “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ tomonidan laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilgan hamda ularga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.Jinoyat ishi doirasida “Quramax Medikal” MChJning 2 nafar rahbar xodimlari hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJning 2 nafar mas’ul xodimlari gumonlanuvchi shaxslar sifatida DXX Tergov hibsxonasiga tegishli tartibda joylashtirilgan.Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida “Quramax Medikal” MChJ tomonidan Hindiston davlatidan O‘zbekistonga import qilinayotgan dori vositalarining bojxona nazoratidan o‘tkazilishi to‘xtatildi hamda dorixonalardagi bunday preparatlar yig‘ib olindi. Hozirda bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.“Quramax Medikal” MChJga tegishli dori vositalarini O‘zbekistonda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi hamda sog‘liqni saqlash tizimidagi mutasaddi xodimlarning ushbu holat bo‘yicha amalga oshirgan harakatlarini tekshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilish oqibatida 19 bola vafot etgan.SSV ishchi guruhi olib borgan dastlabki laborator o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining tarkibida etilenglikol mavjudligini ko‘rsatgan. Bu modda zaharli bo‘lib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Dori savdosi esa to‘xtatilgan.Sog‘liqni saqlash vaziri Samarqandda “Dok-1 Maks”ni qabul qilgach vafot etgan bolalarning ota-onasiga hamdardlik bildirib, ishga aloqador barcha shaxslar javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u mazkur ma’lumot viloyat tibbiyot xodimlari tomonidan vazirlikdan yashirilganini aytdi.Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi "Dok-1 Maks" bilan bog‘liq holat bo‘yicha “Quramax medical” va “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochgan.Ko‘p o‘tmay prezident Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyevni ishdan ishdan oldi.Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova “Dok-1 Maks” dori vositasi 2012-yildan beri O‘zbekistonda qo‘llanib kelingani, lekin so‘nggi seriyasida uning tarkibidagi qo‘shimcha moddalardan biri o‘zgarganini ma’lum qildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31142922_169:0:2900:2048_1920x0_80_0_0_e361472d5cac2bc307eff702c72cd437.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hindiston, o‘zbekiston, dori
jamiyat, hindiston, o‘zbekiston, dori
“Dok-1 MAKS” va “Ambronol” laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagan – DXX
14:03 06.01.2023 (yangilandi: 14:30 06.01.2023) Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga tegishli tartibda joylashtirilgan.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. “Dok-1 MAKS” va “Ambronol” dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum
qildi.
Ta’kidlanishicha, DXX Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax Medikal” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mas’ul shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Quramax Medikal” MChJ tomonidan O‘zbekistonga import qilingan ushbu preparatlar “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ tomonidan laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilgan hamda ularga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mas’ul xodimlari tomonidan meyoriy-huquqiy hujjat talablari qo‘pol ravishda buzilib, ushbu dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmaganligi oqibatida sifatsiz preparatlarning sotuvga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Jinoyat ishi doirasida “Quramax Medikal” MChJning 2 nafar rahbar xodimlari hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJning 2 nafar mas’ul xodimlari gumonlanuvchi shaxslar sifatida DXX Tergov hibsxonasiga tegishli tartibda joylashtirilgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida “Quramax Medikal” MChJ tomonidan Hindiston davlatidan O‘zbekistonga import qilinayotgan dori vositalarining bojxona nazoratidan o‘tkazilishi to‘xtatildi hamda dorixonalardagi bunday preparatlar yig‘ib olindi. Hozirda bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
“Quramax Medikal” MChJga tegishli dori vositalarini O‘zbekistonda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi hamda sog‘liqni saqlash tizimidagi mutasaddi xodimlarning ushbu holat bo‘yicha amalga oshirgan harakatlarini tekshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilish oqibatida
19 bola vafot etgan.
SSV ishchi guruhi olib borgan dastlabki laborator o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining tarkibida etilenglikol mavjudligini
ko‘rsatgan. Bu modda zaharli bo‘lib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Dori savdosi esa to‘xtatilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Samarqandda “Dok-1 Maks”ni qabul qilgach vafot etgan bolalarning ota-onasiga hamdardlik bildirib, ishga aloqador barcha shaxslar javobgarlikka tortilishini
ma’lum qildi. Shuningdek, u mazkur ma’lumot viloyat tibbiyot xodimlari tomonidan vazirlikdan yashirilganini aytdi.
Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi "Dok-1 Maks" bilan bog‘liq holat bo‘yicha “Quramax medical” va “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” mansabdor shaxslariga nisbatan
jinoiy ish ochgan.Ko‘p o‘tmay prezident Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyevni ishdan
ishdan oldi.Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova “Dok-1 Maks” dori vositasi 2012-yildan beri O‘zbekistonda qo‘llanib kelingani, lekin so‘nggi seriyasida uning tarkibidagi qo‘shimcha moddalardan biri o‘zgarganini
ma’lum qildi.