https://oz.sputniknews.uz/20230102/fargonada-3-yoshli-bola-dok-1-maks-siropidan-zaharlangani-aytilmoqda--31218233.html
Farg‘onada 3 yoshli bola “Dok-1 Maks” siropidan zaharlangani aytilmoqda
Farg‘onada 3 yoshli bola “Dok-1 Maks” siropidan zaharlangani aytilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, bolaning umumiy ahvoli og‘ir, hushida. Bemorga tasdiqlangan davolash standarti asosida davo muolajalari olib borilmoqda. 02.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-02T12:29+0500
2023-01-02T12:29+0500
2023-01-02T12:29+0500
jamiyat
hindiston
o‘zbekiston
dori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31142922_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_3911ef486aa0a543e98a7424494f5c56.jpg
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Farg‘onada Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialining bolalar reanimatsiya bo‘limida Quvasoy shahrida yashovchi 3 yoshli bola “Dok-1 Maks” siropidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanmoqda. Bu haqda viloyat SSB rahbari Abduqayum To‘xtaqulov O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bolaning umumiy ahvoli og‘ir, hushida. Bemorga tasdiqlangan davolash standarti asosida davo muolajalari olib borilmoqda.Viloyat SSB mas’ullarining xabar berishicha, bugungi kunda bolalarni tabletka va sirop dori vositalaridan zaharlanishini oldini olish maqsadida viloyatdagi barcha davolash profilaktika muassasalariga “Dok-1 Maks”preparatlaridan saqlanish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.Qayd etilishicha, ayni paytda “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari viloyatdagi barcha dorixonalar savdosidan o‘rnatilgan tartibda qaytarib olingan.Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilish oqibatida 19 bola vafot etgan.SSV ishchi guruhi olib borgan dastlabki laborator o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining tarkibida etilenglikol mavjudligini ko‘rsatgan. Bu modda zaharli bo‘lib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Dori savdosi esa to‘xtatilgan.Sog‘liqni saqlash vaziri Samarqandda “Dok-1 Maks”ni qabul qilgach vafot etgan bolalarning ota-onasiga hamdardlik bildirib, ishga aloqador barcha shaxslar javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u mazkur ma’lumot viloyat tibbiyot xodimlari tomonidan vazirlikdan yashirilganini aytdi.Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi "Dok-1 Maks" bilan bog‘liq holat bo‘yicha “Quramax medical” va “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochgan.Ko‘p o‘tmay prezident Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyevni ishdan ishdan oldi.Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova “Dok-1 Maks” dori vositasi 2012-yildan beri O‘zbekistonda qo‘llanib kelingani, lekin so‘nggi seriyasida uning tarkibidagi qo‘shimcha moddalardan biri o‘zgarganini ma’lum qildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31142922_169:0:2900:2048_1920x0_80_0_0_e361472d5cac2bc307eff702c72cd437.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hindiston, o‘zbekiston, dori
jamiyat, hindiston, o‘zbekiston, dori
Farg‘onada 3 yoshli bola “Dok-1 Maks” siropidan zaharlangani aytilmoqda
Qayd etilishicha, bolaning umumiy ahvoli og‘ir, hushida. Bemorga tasdiqlangan davolash standarti asosida davo muolajalari olib borilmoqda.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Farg‘onada Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialining bolalar reanimatsiya bo‘limida Quvasoy shahrida yashovchi 3 yoshli bola “Dok-1 Maks” siropidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanmoqda. Bu haqda viloyat SSB rahbari Abduqayum To‘xtaqulov O‘zAga bergan intervyusida ma’lum
qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bolaning umumiy ahvoli og‘ir, hushida. Bemorga tasdiqlangan davolash standarti asosida davo muolajalari olib borilmoqda.
Viloyat SSB mas’ullarining xabar berishicha, bugungi kunda bolalarni tabletka va sirop dori vositalaridan zaharlanishini oldini olish maqsadida viloyatdagi barcha davolash profilaktika muassasalariga “Dok-1 Maks”preparatlaridan saqlanish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
“Tarkibida paratsetamol dozasi bo‘lgan dori preparatlarini bolalar buyragiga toksik ta’sir qilishi hamda terapevtik dozani oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, tana harorati 38 darajadan yuqori bo‘lgan bolalarni tabiiy usullar bilan tana haroratini tushirish, ota-onalarga tarkibida paratsetamol saqlaydigan preparatlarni o‘zboshimchalik bilan ichirmaslik to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayni paytda “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari viloyatdagi barcha dorixonalar savdosidan o‘rnatilgan tartibda qaytarib olingan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilish oqibatida
19 bola vafot etgan.
SSV ishchi guruhi olib borgan dastlabki laborator o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining tarkibida etilenglikol mavjudligini
ko‘rsatgan. Bu modda zaharli bo‘lib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Dori savdosi esa to‘xtatilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Samarqandda “Dok-1 Maks”ni qabul qilgach vafot etgan bolalarning ota-onasiga hamdardlik bildirib, ishga aloqador barcha shaxslar javobgarlikka tortilishini
ma’lum qildi. Shuningdek, u mazkur ma’lumot viloyat tibbiyot xodimlari tomonidan vazirlikdan yashirilganini aytdi.
Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi "Dok-1 Maks" bilan bog‘liq holat bo‘yicha “Quramax medical” va “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” mansabdor shaxslariga nisbatan
jinoiy ish ochgan.Ko‘p o‘tmay prezident Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyevni ishdan
ishdan oldi.Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova “Dok-1 Maks” dori vositasi 2012-yildan beri O‘zbekistonda qo‘llanib kelingani, lekin so‘nggi seriyasida uning tarkibidagi qo‘shimcha moddalardan biri o‘zgarganini
ma’lum qildi.