https://oz.sputniknews.uz/20221231/turkiya-oz-qoshinlarini-suriyadan-olib-chiqishga-rozi-boldi--oav-31195841.html
Turkiya o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishga rozi bo‘ldi – OAV
Turkiya o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishga rozi bo‘ldi – OAV
Sputnik O‘zbekiston
Muzokaralarda Suriya shimolidagi M4 avtomagistrali bo‘yicha 2020-yilgi kelishuvning amalga oshirilishi ham muhokama qilingan. 31.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-31T12:38+0500
2022-12-31T12:38+0500
2023-04-05T18:42+0500
dunyoda
suriya
turkiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/182/22/1822277_0:104:5520:3209_1920x0_80_0_0_1b12c43a65e08fbe1b92a9cd2b6fdf56.jpg
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Rasmiy Anqara Turkiya, Suriya va Rossiya mudofaa vazirlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng o‘z qo‘shinlarini Suriya hududidan olib chiqishga rozi bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Suriyaning “Al-Vatan” gazetasiga asoslanib xabar berdi.Avvalroq RF Mudofaa vazirligi Rossiya, Suriya va Turkiya mudofaa vazirlari shu hafta Moskvada Arab Respublikasidagi inqirozini hal qilish yo‘llarini muhokama qilish uchun uch tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bergandi. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, “uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu formatda o‘tkazilgan muloqotning konstruktiv xarakterini hamda Arab Respublikasi va butun mintaqadagi vaziyatni yanada barqarorlashtirish yo‘lida uni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar”.Harbiy idoralar rahbarlarining Moskvadagi muzokaralari Anqara va Damashq o‘rtasidagi so‘nggi 11-yilda ztkazilgan ilk rasmiy muzokara bo‘ldi, deb yozadi Hürriyet gazetasi.“Al-Vatan” manbalaridan biriga ko‘ra, uch davlat vazirlarining Moskvadagi uchrashuvi natijalaridan biri Turkiyaning Suriya shimolida nazoratiga olgan hududlardan to‘liq chiqib ketishiga kelishib olgani bo‘lgan.Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar Suriya shimolidagi M4 avtomagistrali bo‘yicha 2020-yilgi kelishuvning amalga oshirilishini ham muhokama qilgan.Shuningdek, tomonlar Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tuzilmalari “Isroil va AQShning agentlari bo‘lib, Turkiya va Suriya uchun eng katta xavf tug‘dirayotganini” ta’kidlagan.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/182/22/1822277_613:0:5520:3680_1920x0_80_0_0_c0d8473c1b3b46c4318a699eab3d5573.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, suriya, turkiya, rossiya
dunyoda, suriya, turkiya, rossiya
Turkiya o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishga rozi bo‘ldi – OAV
12:38 31.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Muzokaralarda Suriya shimolidagi M4 avtomagistrali bo‘yicha 2020-yilgi kelishuvning amalga oshirilishi ham muhokama qilingan.
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Rasmiy Anqara Turkiya, Suriya va Rossiya mudofaa vazirlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng o‘z qo‘shinlarini Suriya hududidan olib chiqishga rozi bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Suriyaning “Al-Vatan” gazetasiga asoslanib
xabar berdi.
Avvalroq RF Mudofaa vazirligi Rossiya, Suriya va Turkiya mudofaa vazirlari shu hafta Moskvada Arab Respublikasidagi inqirozini hal qilish yo‘llarini muhokama qilish uchun uch tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bergandi. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, “uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu formatda o‘tkazilgan muloqotning konstruktiv xarakterini hamda Arab Respublikasi va butun mintaqadagi vaziyatni yanada barqarorlashtirish yo‘lida uni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar”.
Harbiy idoralar rahbarlarining Moskvadagi muzokaralari Anqara va Damashq o‘rtasidagi so‘nggi 11-yilda ztkazilgan ilk rasmiy muzokara bo‘ldi, deb yozadi Hürriyet gazetasi.
“Al-Vatan” manbalaridan biriga ko‘ra, uch davlat vazirlarining Moskvadagi uchrashuvi natijalaridan biri Turkiyaning Suriya shimolida nazoratiga olgan hududlardan to‘liq chiqib ketishiga kelishib olgani bo‘lgan.
Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar Suriya shimolidagi M4 avtomagistrali bo‘yicha 2020-yilgi kelishuvning amalga oshirilishini ham muhokama qilgan.
Shuningdek, tomonlar Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tuzilmalari “Isroil va AQShning agentlari bo‘lib, Turkiya va Suriya uchun eng katta xavf tug‘dirayotganini” ta’kidlagan.