"Hammasi qonun oldida javob beradi!": Mirziyoyev Farmatsevtika agentligi rahbarini ishdan oldi

© Press-slujba Farmatsevticheskogo agentstvaGlava farmatsevticheskogo agentstva uvolen
Glava farmatsevticheskogo agentstva uvolen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2022
Obuna bo‘lish
Agentlik rahbari “Dok-1 Maks” preparati bilan bog‘liq holat ortidan ishdan olindi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbarini ishdan oldi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Hukumatning ishlash tizimi va uslubini o‘zgartirish, tarmoq va sohalarda islohotlarni amalga oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, xalqni rozi qilish va odamlar turmush sifatini yuksaltirish bo‘yicha 2023-yilgi eng muhim yo‘nalishlar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari sog‘liqni saqlash sohasiga to‘xtalib, “Dok-1 Maks” preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan ko‘z yumgani bilan bog‘liq vaziyatni qattiq tanqid qilgan.

“Samarqand va Qashqadaryodagi bolalar o‘limi sohada ishlar ahvolini, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Bugun Farmatsevtika agentligi rahbari Kariyevni (Sardor Kariyev – tahr.) ishdan oldim. Bunga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi!”, - degan prezident.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Dok-1 MAKS” siropini iste’mol qilish oqibatida 19 bola vafot etgan.
SSV ishchi guruhi olib borgan dastlabki laborator o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining tarkibida etilenglikol mavjudligini ko‘rsatgan. Bu modda zaharli bo‘lib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Dori savdosi esa to‘xtatilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev Samarqandda “Dok-1 Maks”ni qabul qilgach vafot etgan bolalarning ota-onasiga hamdardlik bildirib, ishga aloqador barcha shaxslar javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u mazkur ma’lumot viloyat tibbiyot xodimlari tomonidan vazirlikdan yashirilganini aytdi.
Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi "Dok-1 Maks" bilan bog‘liq holat bo‘yicha “Quramax medical” va “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochgan.
Yangiliklar lentasi
0