Mirziyoyev: “Maktabda o‘tilmagan fanlardan OTMga kirish imtihonida savol bermang”

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v Mejdunarodnom kongress-sentre oznakomilsya s vistavkoy sovremennix uchebnikov "Povishenie kachestva obrazovaniya – yedinstvenno pravilniy put razvitiya Novogo Uzbekistana!".
Shavkat Mirziyoyev v Mejdunarodnom kongress-sentre oznakomilsya s vistavkoy sovremennix uchebnikov Povishenie kachestva obrazovaniya – yedinstvenno pravilniy put razvitiya Novogo Uzbekistana!. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Prezident OTMga kirish imtihonlari maktabda o‘tilgan fanlar bo‘yicha o‘tkazilishi bo‘yicha berilgan taklifni ma’qulladi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Ayni daqiqalarda prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasi mutasaddilari hamda o‘qituvchilar bilan muloqot qilmoqda.
Muloqotda davlat rahbari oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari maktabda o‘tilgan fanlar bo‘yicha o‘tkazilishi bo‘yicha berilgan taklifni ma’qulladi.
“Bu nomutanosiblikka barham berish kerak. Maktabda o‘tilmagan fanlar bo‘yicha savollar berilmasligi kerak. Men bu bo‘yicha topshiriq berganman”, - deydi davlat rahbari.
Uchrashuvda so‘z olgan o‘qituvchilardan biri, o‘qituvchilar endi uxlamay mehnat qilishi kerakligini ta’kidladi.
“Prezident oldimizga katta vazifalar qo‘ydi. Biz esa bu vazifalarni bajarish, sifatli ta’limni ta’minlash uchun uxlamay mehnat qilishimiz, o‘z ustimizda tinimsiz ishlashimiz kerak”, - deydi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Mejdunarodniy kongress-sentr i znakomitsya s prezentatsiyey uchebnikov novogo pokoleniya, razrabotannix dlya nachalnix klassov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Mirziyoyev o‘qituvchilarga: maoshingizni oshirdik, kelajakda yana ko‘paytiramiz
Yangiliklar lentasi
0