https://oz.sputniknews.uz/20221229/mirziyoev-oqituvchilarga-maoshingizni-oshirdik-kelajakda-yana-kopaytiramiz-31139887.html
Mirziyoyev o‘qituvchilarga: maoshingizni oshirdik, kelajakda yana ko‘paytiramiz
Mirziyoyev o‘qituvchilarga: maoshingizni oshirdik, kelajakda yana ko‘paytiramiz
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston kelajakda o‘qituvchilar maoshini yana oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yangi avlod o‘quv darsliklari taqdimotida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
2022-12-29T12:34+0500
2022-12-29T12:34+0500
2022-12-29T12:34+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
o‘qituvchilar
maosh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31133804_0:66:1281:786_1920x0_80_0_0_8dea19178e1ae494f9aa05991e0fdf32.jpg
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston kelajakda o‘qituvchilar maoshini yana oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yangi avlod o‘quv darsliklari taqdimotida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim sohasida katta islohotlar rejalashtirilgan. Har qancha qiyin bo‘lmasin farzandlar uchun bu islohotlarni amalga oshirish uchun harakat qilish shart.“Bugungi intiluvchi bolalar kelajakda sizning oltin fondingizga aylanadi. Ularning yutuqlaridan faxrlanasiz”, - deya yuzlandi o‘qituvchilarga prezident.Davlat rahbari 2023-yil nomi bejizga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” deb e’lon qilinmagan. Ta’lim masalasi prezidentning doimiy diqqat markazida bo‘ladiKelgusi yili ta’limga oid ham ko‘plab qaror, farmonlar chiqadi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun ipoteka kreditlarini kamaytirish rejada bor.Davlat rahbari ayrim fanlarni qisqartirish, zamonaviy fanlarni esa ko‘paytirish taklifini berdi.“Agar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima ma’no bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin? Biz "Bolalar yomon bo‘lib ketdi" degan fikrdan voz kechishimiz kerak. O‘zimizga savol qo‘yaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular o‘zimizning farzandlarimiz. Sizlar bilan bir tanu bir jon bo‘lib, jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi haqida o‘ylashimiz shart”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31133804_72:0:1207:851_1920x0_80_0_0_4addb379a0532077da9f820450ad8b36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev o‘qituvchilar maoshi haqida oshiriladi
shavkat mirziyoyev o‘qituvchilar maoshi haqida oshiriladi
Mirziyoyev o‘qituvchilarga: maoshingizni oshirdik, kelajakda yana ko‘paytiramiz
Davlat rahbari kelgusi yili ta’limga oid ham ko‘plab qaror, farmonlar chiqishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston kelajakda o‘qituvchilar maoshini yana oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yangi avlod o‘quv darsliklari
taqdimotida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Xo‘sh, bu yangi darsliklarni farzandlarimizga kim yetkazadi? Albatta muallim! Men bekorga muallimning obro‘sini ko‘tarish haqida takror-takror gapirmayman. Bugungi globallashuv davrida ta’lim, kelajak avlod barkamolligi qay darajada muhimligini yanayam kuchliroq anglab yetapmiz”, - dedi davlat rahbari.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim sohasida katta islohotlar rejalashtirilgan. Har qancha qiyin bo‘lmasin farzandlar uchun bu islohotlarni amalga oshirish uchun harakat qilish shart.
“Bugungi intiluvchi bolalar kelajakda sizning oltin fondingizga aylanadi. Ularning yutuqlaridan faxrlanasiz”, - deya yuzlandi o‘qituvchilarga prezident.
Davlat rahbari 2023-yil nomi bejizga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” deb e’lon qilinmagan. Ta’lim masalasi prezidentning doimiy diqqat markazida bo‘ladi
“Maoshlaringizni oshirdik, lekin bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Imkoniyatimiz bo‘lishi bilan yana ko‘paytiramiz”, - dedi Mirziyoyev.
Kelgusi yili ta’limga oid ham ko‘plab qaror, farmonlar chiqadi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun ipoteka kreditlarini kamaytirish rejada bor.
Davlat rahbari ayrim fanlarni qisqartirish, zamonaviy fanlarni esa ko‘paytirish taklifini berdi.
“Agar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima ma’no bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin? Biz "Bolalar yomon bo‘lib ketdi" degan fikrdan voz kechishimiz kerak. O‘zimizga savol qo‘yaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular o‘zimizning farzandlarimiz. Sizlar bilan bir tanu bir jon bo‘lib, jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi haqida o‘ylashimiz shart”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.