2022 yilning eng muhim madaniy-gumanitar yutuqlari

© Sputnik/Elina BeknazarovaOsen v Tashkente i Samarkande.
Osen v Tashkente i Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Sputnik muxbiri yilning madaniy-gumanitar sohadagi eng muhim voqealarini jamladi.
Yakunlanayotgan 2022-yil O‘zbekiston uchun bir necha muhim voqealar bilan yodda qolmoqda. Mamlakatda ijtimoiy, sog‘liqni saqlash, madaniy va boshqa sohalarda yodda qolarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yil davomidagi asosiy voqealar sarhisobi – Sputnik materialida.

Ijtimoiy hayot

2022 yil O‘zbekistonda jamoatchilik bir nechta masalalarda yengilliklarga erishdi. Tonirovka va avtomobillar importi uchun bojlarning pasaytirilishi shular jumlasidan.
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishReyd "skritix" patruley DPS v Moskve
Reyd skritix patruley DPS v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Reyd "skritix" patruley DPS v Moskve
O‘zbekiston odatdagidek yoz kelishi bilan avtomobillar oynasini tonirovka qilish uchun ruxsatnomalar qimmatligi borasida qizg‘in muhokamalar boshlandi. Iyun oyi oxiriga kelib, hukumat norozilik va munozaralarni bee’tibor qoldirmay “Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Bu qarorni jamoatchilikning g‘alabasi desa mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan:
avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilindi;
old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari BHMning 8 baravari miqdorida belgilandi.
ishlab chiqarilganiga 10-yildan ko‘p bo‘lmagan yengil mashinalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi bekor bo‘ldi.
Yakuniga yetatotgan yildagi yana bir muhim o‘zgarish avtomobillar importi uchun bojxona bojlarining pasaytirilishi bo‘ldi. 21-fevral kuni prezidentning “Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomobillarni olib kirishdagi bojxona to‘lovlari stavkalari ikki bosqichda pasaytiriladi. Hujjat imzolangan paytdan boshlab 2023-yil 1-yanvarga qadar bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga pasaytiriladi. Gap nafaqat bojni, balki avtomobilning dvigatel quvvatini hisobga olinadigan qo‘shimcha koeffitsiyentlarni kamaytirish haqida ham ketmoqda.
2023 yil 1-yanvardan bojxona stavkasi 15 foiz darajasida qoladi, qo‘shimcha koeffitsiyent ham pasaytiriladi.
Bundan tashqari, bojlar faqatgina O‘zbekiston chegarasidan olib o‘tish vaqtida ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi avtomobillarga taalluqli bo‘ladi (bungacha — 3-yildan oshmagan).
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
2022 yilda qabul qilingan eng muhim 10 ta qonun

Madaniyat

Oxirlab borayotgan yilda madaniyat sohasida O‘zbekiston uchun eng yodda qolarli voqea shak-shubhasiz Parijdagi dunyoga mashhur Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalarining mo‘’jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazmaning ochilishi bo‘ldi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV parijskom Luvre otkrilas vistavka "Velikolepie oazisov Uzbekistana. Na peresechenii karavannix putey".
V parijskom Luvre otkrilas vistavka Velikolepie oazisov Uzbekistana. Na peresechenii karavannix putey. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
V parijskom Luvre otkrilas vistavka "Velikolepie oazisov Uzbekistana. Na peresechenii karavannix putey".
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev hamda Emmanuel Makron 22-noyabr kuni Luvr muzeyida O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rgazmani ochib berdi.
Aytish joizki, ushbu ko‘rgazmaga so‘nggi uch yil davomida puxta tayyorgarlik ko‘rilgan edi. Luvr restavratsiyachilari va mahalliy mutaxassislar bir nechta bosqichdan iborat keng ko‘lamli tiklash tadbirlarini amalga oshirdi.
Luvrning Rishelye zali va Islom bo‘limida xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan beshta bo‘limdan iborat katta ko‘rgazma makoni yaratildi. Bular – “Voha davlatlari va podshohliklari davri: Ipak yo‘lidagi madaniyatlarning muloqoti”, “O‘rta asrlar va san’atning gullab-yashnashi”, “Markaziy Osiyoda islomning tarqalishi, madaniyat va fanda Uyg‘onish davri”, “Ibn Sinodan Chingizxongacha”, “Buyuk imperiyalar davri: Temuriylar va Shayboniylar”.
O‘zbekiston tarixining 1500-yildan ortiq davrini qamrab olgan ko‘rgazma mamlakatning 16 muzeyidan 138 ta noyob ashyo, shu jumladan ko‘rgazma uchun maxsus restavratsiya qilingan 70 ta eksponatdan iborat. Shuningdek, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQShning yirik muzeylaridan keltirilgan 31 ta buyum ko‘rgazmadan joy oldi.
Ko‘rgazma 2023-yil 6-mart kuniga qadar davom etadi.

Sport

O‘zbekistonlik sportchilar 2022-yilda turli musobaqalarda ishtirok etib, ko‘plab medallarni qo‘lga kiritdi. Ular orasida dzudo, og‘ir va yengil atletika, kurash, futbol va shaxmat bo‘yicha turli sovrinlarni qo‘lga kiritgan sportchilarni sanash mumkin. Ammo eng yorqin g‘alabani bu yil o‘zbek shaxmatchilar ilib ketdi.
© Yoshlar ishlari agentligiShaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu Olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.
Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining so‘nggi turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Niderlandiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Yagona g‘alaba Jahongir Vohidovga tegishli bo‘ldi. Jahongir Vohidov Maks Varmerdam bilan kechgan partiyada O‘zbekistonga uzoq kutilgan chempionlikni olib keldi.
O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan yana bir shaxmatchi – Nodirbek Yoqubboyev Yorden van Forest bilan kechgan partiyada murosa ko‘chasini tanladi. Nodirbek Abdusattorov raqibi Anish Kumar Giri bilan, Javohir Sindorov Bok Benjaming bilan uchrashuvda durrangga imzo chekdi.
O‘zbekiston Niderlandiya termasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma’lumot uchun, 1992-yil Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston vakillari kumush medallarni qo‘lga kiritgandi.
Shaxmat olimpiadasi chempionlariga prezident sovg‘alari topshirildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Sport sarhisobi-2022: o‘zbekistonlik sportchilarning yorqin g‘alabalari

Ta’lim

Ta’lim sohasida ham O‘zbekistonda ahamiyatga molik o‘zgarishlar yuz berdi. Shulardan biri sifatida prezidentning 7-mart kuni qabul qilingan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2022/23-o‘quv yilidan magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pulining davlat tomonidan to‘lab berilishi boshlanganini keltirish mumkin. Yana bir o‘zgarish xotin-qizlarga ta’lim kreditini 14 foizdan ajratish belgilandi.
Shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
2022 yilda quyidagi oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi:
SamDUning Urgut filiali tashkil etiladi;
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;
Samarqand davlat tibbiyot universiteti (Samarqand davlat tibbiyot instituti negizida);
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti;
Andijon davlat chet tillari instituti;
Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti;
Namangan to‘qimachilik sanoati instituti;
Toshkent arxitektura-qurilish universitet (Toshkent arxitektura-qurilish instituti negizida);
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti (Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti negizida);
“IT-Park University” raqamli universiteti.
Ta’kidlash joizki, 11 ta oliy ta’lim muassasasining tashkil etilishi yil ta’lim sohasi uchun ancha sermahsul bo‘lganidan dalolat beradi.
Yangiliklar lentasi
0