Sport sarhisobi-2022: o‘zbekistonlik sportchilarning yorqin g‘alabalari
© Sportni rivojlantirish vazirligiShaxmat olimpiadasi chempionlariga prezident sovg‘alari topshirildi
© Sportni rivojlantirish vazirligi
Obuna bo‘lish
Mamlakatning nomdor sportchilari g‘alabasi sharafiga 2022-yilda O‘zbekiston madhiyasi turli xalqaro musobaqalarda bot-bot yangradi, bayrog‘i esa hilpiradi. Sputnik o‘zbekistonlik sportchilarning bu yil erishgan g‘alabalari haqida hikoya qiladi.
Yakunlanayotgan 2022-yil O‘zbekiston sportida yorqin g‘alabalarga boy bo‘ldi. Mamlakat sportchilari jahon va Osiyo birinchiliklari, turli xalqaro musobaqalarda sportning shaxmat, boks, og‘ir atletika, dzudo va futbol kabi turlarida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston shuhratini dunyoga yoyishdi. Yilning sport sarhisobi – Sputnik materialida.
Shaxmat qirollari
Hindistonda o‘tkazilgan 44-Butun jahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor chempion bo‘ldi. Shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubbayev, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidovlar mamlakat sporti tarixida yangi sahifani ochib berishdi. Shuningdek, Olimpiadaning har bir doskaning individual o‘yinlarida Jahongir Vohidov oltin, Nodirbek Abdusattorov kumush, Nodirbek Yakubbayev esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ularni prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan telefon qilib tabrikladi va millatning “oltin fondi” deb atadi. Davlat shaxmatchilarni munosib taqdirladi.
© Federatsiya shaxmat UzbekistanaKomanda Uzbekistana viigrala shaxmatnuyu Olimpiadu v Indii
Komanda Uzbekistana viigrala shaxmatnuyu Olimpiadu v Indii
© Federatsiya shaxmat Uzbekistana
Quddus shahrida o‘tgan shaxmatning FIDE yo‘nalishi bo‘yicha jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Umida Omonova Gretsiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham rapid, ham blis bo‘yicha g‘alaba qozonib, musobaqani ikkita oltin bilan tugatdi. Humoyun Bekmurodov esa "Open12" guruhida ikkala yo‘nalishda ham kumush medali sohibi bo‘ldi.
Joriy yilda jahon shaxmat reytingida O‘zbekiston ilk bor kuchli yigirmatalikka kirdi.
Dzudo: prezident qo‘lidan oltin medal olgan Bobonov, jahon reytingi yetakchisi bo‘lgan Keldiyorova
Davlat Bobonov va Muzaffarbek To‘raboyev qo‘lga kiritgan oltin medallar evaziga O‘zbekiston ilk bor jahon chempionatining yakkalik bellashuvlarida umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi. Toshkentda o‘tgan final musobaqalarga Shavkat Mirziyoyev ham tashrif buyurib, Bobonovning g‘alabasiga guvoh bo‘ldi. Sovrindor dzudochilar, jumladan, Bobonov oltin medalni davlat rahbari qo‘lidan qabul qilib oldi. O‘zbekiston birinchi bor dzudo bo‘yicha dunyo birinchiligini umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunladi.
“Men yarim finalda yutganimda bosh vazir Abdulla Aripov kelib shaxsan prezidentning o‘zi final bahsini kuzatishini aytdi. Bu sportchi uchun juda ham katta motivatsiya. Finalga shu gapni eshitib chiqdim. Prezident tomosha qilib o‘tirganidan keyin yutqazishga haqqim yo‘q edi. Umuman olganda jahon chempionatida ikkinchi marta kurashishim. O‘tgan yili Vengriyada o‘tgan chempionatda finalda yutqazgandim. Joriy yilda shu 100 foiz bosim bo‘lib turgan bo‘lsa, bu (prezidentning kuzatishi) yana ham bosim bo‘ldi. Allohga shukur, uddaladik”, — dedi dzudochi g‘alabadan keyin bergan intervyusida.
Qozog‘istonda dzudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Unda Diyora Keldiyorova ikki karra Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaDiyera Keldiyerova na turnire "Bolshogo shlema" po dzudo v Abu-Dabi.
Diyera Keldiyerova na turnire "Bolshogo shlema" po dzudo v Abu-Dabi.
Keldiyorova Ozarbayjondagi "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi navbatdagi turnirda ham oltin medalga ega chiqdi. Shu g‘alaba unga jahon reytingi yetakchisiga aylanishga imkon berdi. Shu paytgacha hech bir o‘zbekistonlik dzudochi qiz dunyo reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilmagandi.
Og‘ir atletika: ham o‘smirlar, ham yoshlar, ham kattalar ulkan marralarni zabt etishmoqda
Hech bir mubolag‘asiz bu yil og‘ir atletikachilar omadli keldi deyishimiz mumkin. Gretsiyadagi og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Sharofiddin Amriddinov va Tursunoy Jabborova oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Sharofiddin Amriddinov Bahrayndagi Osiyo chempionatida ham oltin medalga ega chiqdi. Adhamjon Ergashev davlat bayrog‘ini baland ko‘tarib, mutlaq Osiyo chempioni unvoni oldi. Umuman olganda, O‘zbekiston erkaklar jamoasi qit’a birinchiligida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.
© Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatiSharofiddin Amriddinov
Sharofiddin Amriddinov
© Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
Bundan tashqari, Toshkentda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Nigora Suvonova Osiyo chempionatining barcha turdagi dasturlari bo‘yicha 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ruslan Nurudinov esa ikki bor jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan birinchi o‘zbek og‘ir atletikachisiga aylandi.
Dunyo o‘zbek bokschilariga tan bermoqda
O‘zbekistonlik bokschilar dunyodagi eng kuchlilardan ekani hech kimga sir emas. Ular bu unvonni munosib himoya qilib kelishmoqda – ham kattalar, ham yosh avlod. Buning tasdig‘ini quyida keltiramiz.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy jamoasi Iordaniyada o‘tkazilgan 2022-yilgi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Qit’a birinchiligida biz bilgan nomdor bokschilar Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalakov, Ruslan Abdullayev, Saidjamshid Jafarov va Lazizbek Mullajonovlar “oltin”ga ega chiqishdi.
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana Mujskaya sbornaya Uzbekistana zanyala pervoe mesto v obshekomandnom zachote na chempionate Azii po boksu sredi vzroslix.
Mujskaya sbornaya Uzbekistana zanyala pervoe mesto v obshekomandnom zachote na chempionate Azii po boksu sredi vzroslix.
O‘zbekistonlik yosh bokschilar Ispaniyadagi boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida tengiz bo‘lishdi. Iordaniyadagi o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonliklarga teng keladigani topilmadi.
Shahram G‘iyosov AQShda meksikalik Kristian Gomesni mag‘lub etdi va vakant bo‘lgan IBF North American chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Murodjon Ahmadaliyev amerikalik Ronni Rios ustidan g‘alaba qozonib, WBA va IBF chempionlik kamarlarini himoya qila oldi.
Taekvondo: porlayotgan yangi yulduzlar
O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyadagi taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionatida 4 ta oltin medalga sazovor bo‘lib, tarixiy natija qayd etdi. Ulug‘bek Rashitov, Nikita Rafalovich, Jasur Jaysunov va Shuhrat Salayev Osiyo chempioni bo‘lishdi. Charos Qayumova esa musobaqani kumush medal bilan yakunladi. Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unda Charos Qayumova ilk bor ayollar o‘rtasidagi jahon reytingi yetakchisiga aylandi
Meksikada jahon chempionatida o‘zbek taekvondosi tarixida ilk bor Svetlana Osipova ayollar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldi.
© O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Svetlana Osipova
Svetlana Osipova
© O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi
Bolgariyadagi taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Laylo Hasanova “oltin”ga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, u eng yaxshi qiz taekvondochi deb topildi.
Yengil atletika, gimnastika: yangi yulduzlar, afsonaviy Oksana Chusovitina yutuqlari
15 yoshli Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida jahon chempioni bo‘ldi. U Kolumbiyadagi yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U20) jahon chempionatida barcha raqibalarini ortda qoldirdi. Keyin u Islom birdamliklari o‘yinlari va Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
© Foto: NOK UzbekistanaSharifa Davronova
Sharifa Davronova
© Foto: NOK Uzbekistana
Kuvaytda o‘tgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining ikkinchi bosqichida O‘zbekiston 7 ta medalni qo‘lga kiritdi: 4 ta oltin, 2 ta kumush Bu terma jamoaning jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi. Taxmina Ikromova ko‘pkurash, halqa va bulava mashqlarida oltin, tasmada esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi final bosqichida Oksana Chusovitina oltin medalni qo‘lga kiritdi. Chusovitina Misrda o‘tgan jahon kubogining 3-bosqichida esa kumush medalga sazovor bo‘lgandi.
Kurash, yunon-rum kurashi, qilichbozlik, qo‘l jangidagi yangi zafarlar
Aytjan Xalmaxanov — sport kurashlari bo‘yicha jahon chempioni. U Italiya poytaxtidagi erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shahzod Ro‘zioxunov jahon chempionatining kumush medali sohibi.
BAAdagi qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kuni O‘zbekiston sporti uchun tarixiy sanaga aylandi. Chunki sablyachi Zuhriddin Qodirov O‘zbekiston tarixida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk qilichboz bo‘ldi.
© Foto: MOQZuhriddin Qodirov
Zuhriddin Qodirov
© Foto: MOQ
Hindistonda o‘tgan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatida, Tataristondagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Futbol va futzal: jahon chempionatidagi “bronza”, Osiyo chempionatiga yo‘llanma
O‘zbekiston milliy terma jamoasi muddatidan ilgari 2023-yilda futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston ketma-ket 8-marta unda ishtirok etadi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan U23 Osiyo kubogida o‘zbekistonlik futbolchilar kumush medalga ega chiqishdi.
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Dushanbeda ilk bor rasman o‘tkazilgan CAFA Womenʼs Championship-2022 da g‘alaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi.
Turkiyada bo‘lib o‘tgan amputant futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston termasi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
© Amputee Football World CupO‘zbekiston amputantlar terma jamoasi
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi
© Amputee Football World Cup
O‘zbekiston amputantlar termasi bunga qadar jahon chempionatida uchta oltin (2007, 2010, 2012), bitta kumush (1998) va ikkita bronza (1991, 2002) medalga ega chiqqan.
Kuvaytda o‘tkazilgan futzal bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston “Osiyo bolalari” o‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Vladivostokda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda yosh o‘zbekistonlik sportchilar jami 114 ta medal jamg‘arishga erishishdi, shulardan 41 tasi “oltin”.
Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan V Islom birdamligi o‘yinlari O‘zbekiston termasi jami 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
“Azmu shijoatli o‘g‘il-qizlarimiz og‘ir atletika, dzudo bo‘yicha tengsiz, qilichbozlik, taekvondo, sport kurashlari, suzish musobaqalarida esa yetakchilar safida ekanlarini amalda isbotladilar. Qadimiy Konya zaminida erishilgan bunday yutuqlar biz uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lib, sizlar shu tariqa milliy sport maktabimizning shon-shuhratini, O‘zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini jahonga namoyon etdingiz”, - deya prezident sportchilarni tabriklagan edi.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston o‘z siyosatida sportni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Shaxmat, taekvondo, dzudo va boks kabi sport turlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar so‘zimizning dalili. Bular, shubhasiz, sportchilarning zafarlari davomli bo‘lishiga xizmat qiladi.