https://oz.sputniknews.uz/20221227/serbiya-armiyasini-shay-holatga-keltirdi-31067839.html
Serbiya armiyasini shay holatga keltirdi
Serbiya armiyasini shay holatga keltirdi
Sputnik O‘zbekiston
Serbiya prezidenti qo‘shinlarni jangovar shay holatga keltirishni buyurdi. 27.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-27T15:20+0500
2022-12-27T15:20+0500
2022-12-27T15:20+0500
dunyoda
serbiya
kosovo
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/03/23126281_0:0:3083:1734_1920x0_80_0_0_43458c976888bf5400a1cf99c60c9735.jpg
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich harbiylarni eng yuqori darajada shay holatga keltirishni buyurdi, dedi Mudofaa vaziri Milosh Vuchevich. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Serbiyaning “Vecherne novosti” nashri portaliga ko‘ra, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo hukumati ham o‘z kuchlarini to‘liq jangovar shay holatga o‘tkazgan.Kosovo va Metoxiyadagi keskinlik davom etmoqda. O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublika politsiyasi dekabr oyida shimolda bir necha politsiyachini 1998-1999 yillardagi mojaro davrida harbiy jinoyatlarga qo‘l urganlikda va terrorchilikda gumon qilib hibsga oldi. 10-dekabr kuni kosovo serblari shu sababli barrikadalar o‘rnatib, mintaqa shimolidagi magistral yo‘llarda navbatchilik qilishni boshladi.Leposavich, Zvekan va Zubin-Potok munitsipalitetlaridagi barrikadalarda vaziyat tinch, mahalliy serblar tunda chodirlarda navbatchilik qilmoqda. Kunduzi mahalliy ayollar ham barrikadalarga chiqishapti. Ijtimoiy tarmoqlarning serb segmentida Raska munitsipalitetidagi harbiy texnikalar harakati va Serbiyaning Mi-35 jangovar vertolotlari parvozi aks etgan videolar tarqatilmoqda.15 dekabr kuni Kosovo bosh vaziri Albin Kurti Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qilayotgan Chexiyaga o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikaning YeIga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi arizasini topshirdi. Bunga javoban Serbiya Mudofaa vazirligi NATOning KFOR missiyasidan BMT Xavfsizlik Kengashining 1244-rezolyutsiyasi asosida Kosovoga ming nafargacha serb politsiyasi va harbiylaridan iborat chegaralangan kontingentning kirishiga ruxsat so‘radi.
serbiya
kosovo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/03/23126281_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_4445fd2e8aab1b0449ecd0b1c56a652a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, serbiya, kosovo, nato
dunyoda, serbiya, kosovo, nato
Serbiya armiyasini shay holatga keltirdi
Serbiya prezidenti qo‘shinlarni jangovar shay holatga keltirishni buyurdi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich harbiylarni eng yuqori darajada shay holatga keltirishni buyurdi, dedi Mudofaa vaziri Milosh Vuchevich. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
“Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Oliy qo‘mondon sifatida... Serbiya Qurolli kuchlarining harbiy salohiyatidan foydalanish uchun eng yuqori darajada shay holatga keltirilishini buyurdi”, - deb yozdi u Twitter’da.
Serbiyaning “Vecherne novosti” nashri portaliga ko‘ra, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo hukumati ham o‘z kuchlarini to‘liq jangovar shay holatga o‘tkazgan.
Kosovo va Metoxiyadagi keskinlik davom etmoqda. O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublika politsiyasi dekabr oyida shimolda bir necha politsiyachini 1998-1999 yillardagi mojaro davrida harbiy jinoyatlarga qo‘l urganlikda va terrorchilikda gumon qilib hibsga oldi. 10-dekabr kuni kosovo serblari shu sababli barrikadalar o‘rnatib, mintaqa shimolidagi magistral yo‘llarda navbatchilik qilishni boshladi.
Leposavich, Zvekan va Zubin-Potok munitsipalitetlaridagi barrikadalarda vaziyat tinch, mahalliy serblar tunda chodirlarda navbatchilik qilmoqda. Kunduzi mahalliy ayollar ham barrikadalarga chiqishapti. Ijtimoiy tarmoqlarning serb segmentida Raska munitsipalitetidagi harbiy texnikalar harakati va Serbiyaning Mi-35 jangovar vertolotlari parvozi aks etgan videolar tarqatilmoqda.
15 dekabr kuni Kosovo bosh vaziri Albin Kurti Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qilayotgan Chexiyaga o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikaning YeIga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi arizasini topshirdi. Bunga javoban Serbiya Mudofaa vazirligi NATOning KFOR missiyasidan BMT Xavfsizlik Kengashining 1244-rezolyutsiyasi asosida Kosovoga ming nafargacha serb politsiyasi va harbiylaridan iborat chegaralangan kontingentning kirishiga ruxsat so‘radi.