Oxlobistin: Donbass himoyachilari – haqiqiy qahramonlar - video

Obuna bo‘lish
O‘tgan sakkiz yil davomida donbassliklar uchun urush oddiy holatga, askarlarning o‘zi - haqiqiy qahramonlarga aylangan.
TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Rossiyalik aktor va rejissor Ivan Oxlobistin danbasslik askarlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Aktor aytishiga qaraganda o‘tgan 8-yil davomida donbasslik askarlar uchun urush oddiy holatga, va askarlarning o‘zi - haqiqiy qahramonlarga aylangan.
"Ushbu davr ichida Donbass himoyachilari “urush xudolariga” aylandi desak bo‘ladi. Ular go‘yoki tuman ichidan paydo bo‘lib yana tuman ichida yo‘qolib ketadigan film qahramonlaridek tuyuladi. Ular haqida sarguzasht filmlar suratga olishga arziydi", - deydi Oxlobistin.
Odatda urush odamni qandaydir o‘zgartiradi. Urush sindiromi degan tushunchalar bor. Bu yerda bunday gap yo‘q. Sakkiz yil ichida odamlar bu bosqichdan o‘tib ketishgan, inson imkoniyatlaridan tashqari darajaga yetishgan desam xato bo‘lmaydi. Bu ma’noda ularning har biri qahramon, har birining yuragida Xudo bor.
Yangiliklar lentasi
0