"Yamal" aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan O‘zbekiston shaharlariga parvozlarni boshlaydi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Yamal"
Samolet aviakompanii Yamal  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Aviakompaniya Sankt-Peterburgni Namangan va Urganch bilan bog‘laydi. Parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi Sankt-Peterburgning Pulkovo aeroportidan O‘zbekistonga ikkita yangi yo‘nalish ochdi. Bu haqda Pulkovo aeroportini boshqaruvchi “Vozdushnie Vorota Severnoy Stolisi” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Qishki parvozlar dasturi doirasida “Yamal” aviakompaniyasi Pulkovo aeroportidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshira boshladi. Havo yo‘nalishlari Sankt-Peterburg va respublikaning ikkita yirik shahri: Namangan va Urganchni bog‘laydi”, - deyiladi kompaniya xabarida.
Namanganga parvozlar haftada bir marta shanba kunlari, Urganchga esa payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Jadvalga ko‘ra, Namangandan Sankt-Peterburgga kelish soat 19:55 da, Pulkovo aeroportidan Namanganga uchish 22:50 da belgilangan. Urganchdan parvoz qilish soat 12:35 da, Urganchga uchish soat 14:00 da belgilangan.
Parvozlar Airbus A321samolyotida amalga oshiriladi.
Avvalroq “Yamal” aviakompaniyasi Namangan va Samarqandni Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘lagan edi. Keyinroq kompaniya Urganchdan Moskvaga ham parvozlar yo‘lga qo‘ydi.
Yangiliklar lentasi
0