Respublikaning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab vertolot xizmati yo‘lga qo‘yiladi

© Turzm va madaniy meros vazirligi Vertolot xizmati
Vertolot xizmati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
"Uzbekistan Helicopters" vakillari Jizzax viloyatida vertolot qo‘nish maydoni, marshrutlari va joylarini o‘rganish ishlarini olib borishdi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Yaqin kunlarda respublikaning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab vertolot xizmatidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Turzm va madaniy meros vazirligi ma’lum qildi.
"Uzbekistan Helicopters" MChJ vakillari Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi "Uzbekistan Helicopters" o‘rtasida Jizzax viloyatining diqqatga sazovor joylari bo‘ylab vertolotda sayohatlarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolangan.
© Turzm va madaniy meros vazirligi Vertolot xizmati
Vertolot xizmati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Vertolot xizmati
“Yaqin kunlarda nafaqat Jizzax viloyatining balki respublikamizning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab qulay, zamonaviy va tezkor vertolot xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
"Uzbekistan Helicopters" vakillari viloyatda vertolot qo‘nish maydoni, marshrutlari va joylarini o‘rganish ishlarini olib borishdi.
© Turzm va madaniy meros vazirligi Vertolot xizmati
Vertolot xizmati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Vertolot xizmati
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “Uzbekistan Helicopters” MChJ tomonidan Airbus H125 va Mi-8MTV vertolotlarini yangi sotib olingan edi. Yangi olib kelingan vertolotlar turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida ekspluatatsiya qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0