Vazirliklarning bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obyektlari ularning roziligisiz savdoga chiqariladi

© Sputnik / Ruslan KrivobokAuksion
Auksion  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, ijaraga beruvchi tomonidan obyektlarni aniqlash maqsadida doimiy ravishda xatlov o‘tkaziladi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Vazirliklarning bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur Nizom vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan, 3 oydan ortiq muddat davomida foydalanilmasdan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini (bundan ijtimoiy soha obyektlari mustasno) ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibini belgilaydi.

Qayd etilishicha, ijaraga beruvchi tomonidan obyektlarni aniqlash maqsadida doimiy ravishda xatlov o‘tkaziladi.
Xatlov davomida aniqlangan obyekt 1 ish kuni ichida axborot tizimiga kiritiladi.
Ijaraga beruvchi obyekt haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida obyektning balansda saqlovchisiga ogohlantirish xati yuboradi.
Unda balansda saqlovchi tomonidan obyektdan 3 oy muddatda samarali foydalanilishi hamda bu haqda ijaraga beruvchiga ma’lumot taqdim etilishi, shuningdek ushbu talabga rioya qilinmagan taqdirda, obyekt belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ijaraga berish yoki sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi ko‘rsatiladi.
Obyektni sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risidagi qaror quyidagilar tomonidan qabul qilinadi:
- binolari va inshootlarining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan va strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan obyektlar bo‘yicha – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
- binolari va inshootlarining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, ammo 5000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan va strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan obyektlar bo‘yicha – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari;
- binolari va inshootlarining umumiy maydoni 5 000 kvadrat metrdan ortiq va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar bo‘yicha – Prezident, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi.
Yangiliklar lentasi
0