https://oz.sputniknews.uz/20221216/uchta-quyosh-elektr-stantsiyasini-qurish-boyicha-tender-goliblari-aniqlandi-30782532.html
Uchta quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi
Uchta quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyalarini kimlar qurishi aniqlandi. 16.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-16T12:48+0500
2022-12-16T12:48+0500
2022-12-16T12:48+0500
jamiyat
elektr energiyasi
quyosh elektrstansiyasi
energetika vazirligi
buxoro
xorazm
namangan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/166/39/1663979_0:0:3076:1731_1920x0_80_0_0_597f5e381f9429d61c32c7137adf69b7.jpg
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Kecha, 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib investorlar aniqlandi.Mazkur loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida “umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari qurish loyihalarini ishlab chiqish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish Dasturi” (IFC Scaling Solar program) doirasida amalga oshirilmoqda.3-bosqichda Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.Mazkur loyiha bo‘yicha tenderning 1-bosqichi (RFQ) 2021-yil 31-avgustda o‘tkazilib, undan 11 ta xalqaro kompaniya muvaffaqiyatli o‘tdi. 2-bosqich (RFP) esa 2022-yil 11-noyabrda yakunlanib, 11 ta kompaniya orasidan 4 ta kompaniya belgilangan muddatgacha takliflarini taqdim etdi.Yakuniy tanlov natijalariga ko‘ra:“G‘olib bo‘lgan investorlar quyosh fotoelektr stansiyalarini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi”, - deyiladi vazirlik xabarida.G‘oliblar bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitimlarni 2023-yilning 1-choragida imzolash va 2024-yilning 4-choragida ushbu stansiyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/166/39/1663979_345:0:3076:2048_1920x0_80_0_0_4651da8ec551d114b609d940dfc93673.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, elektr energiyasi, quyosh elektrstansiyasi, energetika vazirligi, buxoro, xorazm, namangan
jamiyat, elektr energiyasi, quyosh elektrstansiyasi, energetika vazirligi, buxoro, xorazm, namangan
Uchta quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi
Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyalarini kimlar qurishi aniqlandi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Kecha, 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib investorlar
aniqlandi.
Mazkur loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida “umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari qurish loyihalarini ishlab chiqish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish Dasturi” (IFC Scaling Solar program) doirasida amalga oshirilmoqda.
3-bosqichda Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha bo‘yicha tenderning 1-bosqichi (RFQ) 2021-yil 31-avgustda o‘tkazilib, undan 11 ta xalqaro kompaniya muvaffaqiyatli o‘tdi. 2-bosqich (RFP) esa 2022-yil 11-noyabrda yakunlanib, 11 ta kompaniya orasidan 4 ta kompaniya belgilangan muddatgacha takliflarini taqdim etdi.
Yakuniy tanlov natijalariga ko‘ra:
“Masdar” kompaniyasi (BAA) Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyihani qurish va unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining bir kilovatt-soati uchun 3,044 AQSh sentdan yetkazib berish taklifi bilan g‘olib bo‘ldi. Ahamiyatlisi, mazkur loyiha O‘zbekistonda birinchi marta quvvati 62 MVtlik Energiya saqlash batareyasi bilan amalga oshiriladi.
“GD Power – Powerchina” konsorsiumi (Xitoy) Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha uchun unda ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 4,828 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi. Ushbu loyiha bo‘yicha tarifni optimallashtirish yuzasidan qo‘shimcha muzokaralar o‘tkaziladi.
“Voltalia SA” kompaniyasi (Fransiya) kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 2,888 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.
“G‘olib bo‘lgan investorlar quyosh fotoelektr stansiyalarini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
G‘oliblar bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitimlarni 2023-yilning 1-choragida imzolash va 2024-yilning 4-choragida ushbu stansiyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.