Bumerang effekti: 1 barrel neft 100 dollarga oshishi bashorat qilinmoqda
21:44 16.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023)
© Sputnik / Maksim Bogodvid
/ Obuna bo‘lish
Yevropa va AQShda neft uchun eng yuqori narxlar belgilangandan so‘ng, neft kotirovkalarining kamayishi kutilmoqda. Ammo tahlilchilar taqchillik bo‘lishini bashorat qilishmoqda.
Bozor allaqachon muvozanatsizlikni his qilmoqda: taklif qisqarmoqda, talab esa, avvalombor Xitoy tomondan, ortib bormoqda. Eng yirik investitsiya banklari ekspertlari fikricha, xomashyo narxi pasaymaydi, balki bir barrel uchun 110 dollarga oshishi mumkin.
O‘ziga cheklovlar qo‘yish
5 dekabr kuni Rossiya neftini dengiz bo‘ylab tashib o‘tishga taqiqlar kuchga kirdi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi, “Katta yettilik” va Avstraliya bir barrel uchun eng yuqori narx- 60 dollar bo‘lishiga kelishib oldi. Moskva Hindiston, Xitoy va Turkiyaga yo‘nalishni o‘zgartirdi.
Aslida, Rossiya energoresurslarini G‘arbga yetkazib berishning to‘liq to‘xtatilishini ortga hisoblash boshlandi. OPEK+ bozor mexanizmlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy aralashuvdan xavotirda. Qolaversa, tahlilchilarning alohida ta’kidlashicha, Moskvaning pozitsiyasi yengib bo‘lmas. Xususan, Rossiya Yevropa Ittifoqiga xomashyo uchun qo‘shimcha mukofot puli, jumladan boshqa mamlakatlardan tranzit talab qilishi mumkin.
Yevropaliklar taqchillikni AQSh, Shimoliy Afrika, Yaqin Sharqdan import qilib to‘ldirishga harakat qilishmoqda. Biroq, hech qaysi yetkazib beruvchi Yevropa Ittifoqi uchun ta’minotni keskin ko‘tarib berishga qodir emas.
Bir barrel uchun 110 dollargacha
Eng yuqori narx taklif qilganlarning o‘zlari, aftidan hech nimani uddalay olishmayotganini tushunishmoqda. Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi “bu birjalar kotirovkasiga ta’sir qilmaydi”, deb tan oldi.
“Ayyor mantiqqa qaramay, “Katta yettilik”ning bunday harakatlari Rossiya daromadlarini juda kam miqdorga kamaytiradi, ammo dunyoviy energetika bozorida zarbalar bo‘lishini ta’minlaydi”, -deya ta’kidlamoqda The National Interest nashri. G‘arb uchun bu jiddiy oqibatlari bilan xavfli. Va, albatta, neft qimmatlaydi.
Goldman Sachsbaholariga ko‘ra, birinchi chorakda bir barrel neft 90 dollar bo‘ladi, ikkinchi chorakda esa- 95.
Bank of America yilning ikkinchi choragida Brent uchun 110 dollarni bashorat qilmoqda. Ko‘p jihatlar Xitoy va Hindistondagi talabga bog‘liq. Hammasi esa talabning o‘sib borishiga ishora qilmoqda.
“Rossiyaga qarshi sanksiyalar, zaxiralarning kam darajasi, Xitoyning ochiq iqtisodiyotlari va agar talab ortib borsa, OPEKning qazib olish hajmini kamaytirishga tayyorligi enegotashuvchilar uchun yuqori narxlar bo‘lishini ta’minlaydi”, deyishmoqda tahlilchilar bank hisobotida.
4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda OPEK+ davlatlari qazib olishni kuniga ikki million barrelga qisqartirish haqidagi oldingi qarorini tasdiqladi. BofA da 2023-yilda kartel faqat siyosatini kuchaytiradi, deb hisoblashmoqda.
Bu Moskva va boshqa eksportchilarning manfaatlariga to‘liq javob beradi. Ammo AQSh, Yevroittifoq va boshqa import qiluvchilar uchun emas. Treyderlar Hindiston va Xitoyning Rossiya uglevodorolarining eng yirik iste’molchisi sifatida YeI o‘rnini egallashini kutishmoqda.
Pekin yaqinda COVID-19 uchun “nol bardoshlik” siyosatiga keng qamrovli o‘zgarishlar kiritilganligini e’lon qildi, sinov talablari va sayohat cheklovlari yengillashtirildi. Bu Xitoyga ko‘proq yoqilg‘i kerakligini anglatadi. Yevropa Ittifoqi doimiy ravishda “energiya ocharchiligi”ni boshdan kechirmoqda. Osiyo va Yevropa bozorlari o‘rtasidagi raqobat kuchayadi va narxlarni pasaytirishga yordam bermasligi aniq.
“Qora flot”
Ayni paytda sanoat Rossiyaning “qora floti” ni kengaytirish haqida gapirishmoqda. Taxminlarga ko‘ra, kompaniyalar konservalangan tankerlarni xizmatga qaytarmoqda va Yevropa Ittifoqi kema egalari aktivlarini G7 bo‘lmagan operatorlarga o‘tkazmoqda.
Financial Times ta’kidlashicha, Rossiyadan eksport so‘nggi xaftada ko‘paygan: tankerlar portlardan kuniga 3,5 million barrel tashishmoqda. Osiyoga 500 mingga ko‘proq (16%). Umumiy ko‘rsatkich – yarimyillik maksimumda.
Biroq, davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksey Chepa ta’kidlaganidek, Rossiyaga “qora flot” kerak emas. Xaridorlar shundoq ham yetarli.
“Ko‘plab neft qazib oluvchi davlatlar uzoq vaqtdan beri sanksiyalar ostida bo‘ldi va bo‘lgan, bugungi kunda bu katta muammo emas”, - deydi Chepa.
Ta’sirlarni kamaytirish
Yo‘qotishlar, albatta bo‘ladi. Xomashyo sotishdan daromadlar noyabr oyidayoq pasayishni boshlagan edi.
Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya korxonalari 15,8 milliard dollar olgan, bu oktabr oyiga nisbatan 700 million dollarga kam.
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida mamlakat neft va gazdan rejalashtirilganidan 90 milliard rubl kam daromad olgan. Biroq, vazir Anton Siluanov ta’kidlaganidek, narx cheklovlarining budjetga ta’sirini baholash uchun hali erta – chunki, Moskva javob choralarini ko‘rib chiqmoqda.
Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Yevropa Ittifoqi va AQSh umid qilganlari sodir bo‘lmaydi. Eng yuqori narx yetarli bo‘lmagan darajada past.
“Yevropa rasmiylari qanday qilib Rossiyaga urush mashinasini ochlikdan o‘ldirish mumkinligi” haqida o‘ylashardi. Aslida, ular Kreml ishlab chiqarish va bozor qulashiga olib bormasligi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishdi” deya ta’kidlamoqda Bloomberg agentligi .
Javob choralari haqida ma’lum qilinmadi. Ammo, asosiy ta’minot Xitoy va Hindistonga yo‘naltirilishi aniq. “Osiyo dasturxonidan qolgan-qutganlar” esa yevropaliklarga uch barobar qimmat narxda yetib borishi mumkin.