https://oz.sputniknews.uz/20221213/omskdan-uchgan-samolyot-tuman-sabab-namanganga-qona-olmadi-30692252.html
Omskdan uchgan samolyot tuman sabab Namanganga qo‘na olmadi
Omskdan uchgan samolyot tuman sabab Namanganga qo‘na olmadi
Sputnik O‘zbekiston
“Uzbekistan Airways” samolyoti noqulay ob-havo sabab boshqa aeroportga yo‘naltirildi. 13.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-13T11:23+0500
2022-12-13T11:23+0500
2022-12-13T11:23+0500
jamiyat
aeroport
samolyot
tuman
toshkent
namangan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1b/30280902_128:0:1152:576_1920x0_80_0_0_2949cc2481ecab0ee4e7a85c145f5280.jpg
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Bugun ertalab Omskdan (Rossiya) O‘zbekiston sharqidagi Namanganga uchgan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi reysi tuman tufayli Toshkentga yo‘naltirildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi O‘zbekiston poytaxti aeroporti vakiliga tayanib, xabar berdi.Uning aniqlik kiritishicha, laynerning qo‘nishi normal rejimda amalga oshirilgan. Hozir havo sharoiti imkon bersa, samolyot Namanganga uchishga hozirlanmoqda.“Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, faqatgina Omskdan kelgan reys Namangan aeroportiga qo‘na olmay boshqa aerodromga yo‘naltirilmagan.Namangandagi meteorologik sabablarga ko‘ra havo kemalarini xalqaro aeroportga qabul qilish va jo‘natish vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan.Xususan, “Jazeera Airways” aviakompaniyasining Quvaytdan Namanganga yo‘l olgan J9645 reysi Qirg‘izistonga yo‘naltirilgan. Samolyot Bishkek aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 09:31 da qo‘ngan.“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining soat 05:50 ga belgilangan HY9825 (Namangan – Sochi) reysining uchishi esa kechiktirilgan. Samolyot Namangan aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda, shundan so‘ng u belgilangan manzilga uchib ketadi.Dubaydan mahalliy vaqt bilan soat 01:20 da uchib kelishi kerak bo‘lgan “Flydubai” aviakompaniyasining FZ781/782 yo‘lovchi reysi Namangandagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli uchish aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda.Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni Moskvadan Qarshiga uchgan samolyot quyuq tuman sabab Samarqand aeroportiga qo‘ndirilgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1b/30280902_256:0:1024:576_1920x0_80_0_0_c7731590de042de30a4a8509e18d546e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, aeroport, samolyot, tuman, toshkent, namangan
jamiyat, aeroport, samolyot, tuman, toshkent, namangan
Omskdan uchgan samolyot tuman sabab Namanganga qo‘na olmadi
“Uzbekistan Airways” samolyoti noqulay ob-havo sabab boshqa aeroportga yo‘naltirildi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Bugun ertalab Omskdan (Rossiya) O‘zbekiston sharqidagi Namanganga uchgan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi reysi tuman tufayli Toshkentga yo‘naltirildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi O‘zbekiston poytaxti aeroporti vakiliga tayanib,
xabar berdi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-9810 Omsk-Namangan reysi aeroportdagi quyuq tuman tufayli Toshkentga yo‘naltirildi”, - deydi manba.
Uning aniqlik kiritishicha, laynerning qo‘nishi normal rejimda amalga oshirilgan. Hozir havo sharoiti imkon bersa, samolyot Namanganga uchishga hozirlanmoqda.
“Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmatining
ma’lum qilishicha, faqatgina Omskdan kelgan reys Namangan aeroportiga qo‘na olmay boshqa aerodromga yo‘naltirilmagan.
Namangandagi meteorologik sabablarga ko‘ra havo kemalarini xalqaro aeroportga qabul qilish va jo‘natish vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan.
Xususan, “Jazeera Airways” aviakompaniyasining Quvaytdan Namanganga yo‘l olgan J9645 reysi Qirg‘izistonga yo‘naltirilgan. Samolyot Bishkek aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 09:31 da qo‘ngan.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining soat 05:50 ga belgilangan HY9825 (Namangan – Sochi) reysining uchishi esa kechiktirilgan. Samolyot Namangan aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda, shundan so‘ng u belgilangan manzilga uchib ketadi.
Dubaydan mahalliy vaqt bilan soat 01:20 da uchib kelishi kerak bo‘lgan “Flydubai” aviakompaniyasining FZ781/782 yo‘lovchi reysi Namangandagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli uchish aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda.
“Namangan aeroportida ob-havo sharoiti asta-sekin yaxshilanmoqda. Aeroport yaqin bir necha soat ichida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin”, - deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni Moskvadan Qarshiga uchgan samolyot quyuq tuman sabab Samarqand aeroportiga qo‘ndirilgandi.