Jizzax viloyati va Tatariston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiradi

© Xokimiyat Djizakskoy oblastiErgash Saliyev i Roman Shayxutdinov
Ergash Saliyev i Roman Shayxutdinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Viloyati hokimining Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Shayxutdinov bilan uchrashdi.
Hokimlik xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida Roman Shayxutdinov O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatdan yuqori darajaga chiqganligini alohida ta’kidlagan.
Tatariston tomoni viloyat bilan avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rishga va hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda Saliyev va Shayxutdinov viloyat hokimligi va Tatariston hukumati o‘rtasida 2022-2023 yillar uchun ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida uchrashuv protokolini imzolashdi va bu borada qator takliflar berildi.
Surxondaryo viloyati Rossiyaning qator hududlari bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi
Shuningdek, Shayxutdinov “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” (IT Park) Jizzax viloyati filiali faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlari bilan tanishdi hamda Tatariston “Innopolis” IT Parki bilan hamkorlik o‘rnatish va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish taklifini berdi.
Yangiliklar lentasi
0