https://oz.sputniknews.uz/20221207/xalq-talimini-2026-yilga-qadar-rivojlantirish-strategiyasi-ishlab-chiqildi-30545364.html
Xalq ta’limini 2026-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi
Xalq ta’limini 2026-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2026-yilgacha maktablarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hisobiga 1,2 million yangi o‘quv o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda. 07.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-07T12:48+0500
2022-12-07T12:48+0500
2022-12-07T12:48+0500
jamiyat
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
ta’lim
bosh vazir
xalq
maktab
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27781529_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_ebf336fed54089a32b8340f37926b6f2.jpg
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqdi. Hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi.Quyidagilar Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanmoqda:2025 yilga qadar o‘quvchilarni milliy baholash (National Learning Assessment System- NLAS) tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar (PIRLS, TIMMS, PISA) natijalari hamda milliy baholash tizimi joriy etish asosida ta’lim jarayonlarini doimiy takomillashtirib boriladi.Ta’lim sifatini oshirish maqsadida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinflarda faqat xalqaro talablar asosida yaratilgan darsliklardan foydalaniladi. Vazirlik 2025/2026 o‘quv yiliga qadar esa 5-11-sinflarda aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan darsliklarga o‘tishni rejalashtirmoqda.Maktablardagi eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun har yili kamida 2000 komplekt kompyuter texnikasi xarid qilinadi.Strategiyada 2026-yilgacha maktablarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hisobiga 1,2 million yangi o‘quv o‘rni yaratish maqsad qilingan.Strategiya loyihasi muhokamasi 15-dekabrgacha davom etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27781529_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_2f7b32e007578bd47064731ca6c45e3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, xalq ta’limi vazirligi (xtv), ta’lim, bosh vazir, xalq, maktab, yangi qonun
jamiyat, xalq ta’limi vazirligi (xtv), ta’lim, bosh vazir, xalq, maktab, yangi qonun
Xalq ta’limini 2026-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi
O‘zbekistonda 2026-yilgacha maktablarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hisobiga 1,2 million yangi o‘quv o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqdi. Hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon
qilindi.
Quyidagilar Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanmoqda:
o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, ularga munosib mehnat shart-sharoitlar yaratish;
davlat ta’lim standartlari va talablari, o‘quv rejalari hamda darsliklarni takomillashtirib borish;
o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish tizimini yaratish, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirib borish;
xalq ta’limi sohasida boshqaruv tizimini raqamlashtirish, o‘quv jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, elektron ta’lim resurslarini yaratish;
xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini mustahkamlash, yangi o‘quvchi o‘rinlarini yaratish, nodavlat ta’lim muassasalarini tarmog‘ini kengaytirish.
2025 yilga qadar o‘quvchilarni milliy baholash (National Learning Assessment System- NLAS) tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar (PIRLS, TIMMS, PISA) natijalari hamda milliy baholash tizimi joriy etish asosida ta’lim jarayonlarini doimiy takomillashtirib boriladi.
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinflarda faqat xalqaro talablar asosida yaratilgan darsliklardan foydalaniladi. Vazirlik 2025/2026 o‘quv yiliga qadar esa 5-11-sinflarda aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan darsliklarga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Maktablardagi eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun har yili kamida 2000 komplekt kompyuter texnikasi xarid qilinadi.
Strategiyada 2026-yilgacha maktablarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hisobiga 1,2 million yangi o‘quv o‘rni yaratish maqsad qilingan.
Strategiya loyihasi muhokamasi 15-dekabrgacha davom etadi.