Surxondaryo viloyati Rossiyaning qator hududlari bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi

© Surxondaryo viloyati hokimligiSurxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiyaning Tomskka tashrifi
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiyaning Tomskka tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Rossiya Federatsiyasida bo‘lib, Tatariston Respublikasi, Tomsk viloyati hamda Oltoy o‘lkasi hukumati rahbariyati bilan qator uchrashuvlarni o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiya tashrifi 28-noyabr - 1-dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Tomsk viloyatiga tashrif davomida viloyat rahbari hokimi To‘ra Bobolov gubernator Vladimir Mazur bilan uchrashdi.
© Surxondaryo viloyati hokimligiSurxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiyaning Tomskka tashrifi
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiyaning Tomskka tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiyaning Tomskka tashrifi
Viloyatlar rahbarlari muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro ko‘mak asosida fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va mehnat migratsiyasi sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustuvor ahamiyatga ega ekanini qayd etishdi.
Shuningdek, tashrif doirasida Surxondaryo delegatsiyasining Tomsk viloyatidagi yirik ishbilarmon va tadbirkorlar bilan uchrashuvlari ham tashkil etildi. Surxon vohasida ishlab chiqarilayotgan hamda qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilayotgan mahsulotlar eksportini amalga oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.
© Surxondaryo viloyati hokimligiSurxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiyaning Tomskka tashrifi
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiyaning Tomskka tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiyaning Tomskka tashrifi
Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Tomsk viloyatida mehnat qilayotgan vatandoshlar, mehnat migrantlari hamda bu yerda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuvda ularning taklif va muammolari o‘rganildi.
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Oltoy o‘lkasi hukumati, Savdo-sanoat palatasi, Fan va ta’lim, Qishloq xo‘jaligi, Iqtisodiyot va boshqa soha vazirliklari mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli hujjatlarni imzoladi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, Oltoy o‘lkasi Savdo-sanoat palatasida ikki hudud tadbirkorlari va ishbilarmonlarining “V2V” shaklidagi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda savdo-iqtisodiy yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama etildi. Meva-sabzavot va yengil sanoat mahsulotlari eksporti, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, yog‘och kabi mahsulotlar importi bo‘yicha ikki tomon tadbirkorlari o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Safar doirasida Surxondaryo viloyati tadbirkorlari Novosibirsk shahridagi “RusAgroMarket” ulgurji savdo markazida ham bo‘lishib, markaz faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishganlari barobarida viloyatda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yanada rivojlantirish yuzasidan hamkorlik o‘rnatish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
To‘ra Bobolov Qozon shahrida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari ishtirokida kengaytirilgan tarzda muzokaralar o‘tkazildi. Tatariston va Surxondaryo viloyati o‘rtasida tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
© Surxondaryo viloyati hokimligiSurxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va Tatariston rahbari Rustam Minnixanov
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va Tatariston rahbari Rustam Minnixanov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va Tatariston rahbari Rustam Minnixanov
Uchrashuv davomida Rustam Minnixanov Tatariston Surxondaryo viloyati bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini, so‘nggi yillarda o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalar faol rivojlanib, o‘tgan yilgi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 200 million AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi yarmida ushbu ko‘rsatkich 34 foizga o‘sganligini ta’kidlab o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0